topish mumkin, ya’ni bunda ushbu kattalik miqdori birga teng deb qabul qilingan shu turdagi kattalikdan necha marta katta yoki kichik ekanligi aniqlanadi. O ‘lchash deb, shunday solishtirish, anglash, aniqlash jarayoniga aytiladiki, unda o ‘lchanadigan kattalik fizik tajriba yordamida, xuddi shu turdagi birlik sifatida qabul qilingan miqdori bilan o ‘zaro solishtiriladi. Bu ta’rifdan shunday xulosaga kelish mumkinki, birinchidan, o ‘lchash bu turli kattaliklar to‘g ‘risida axborot hosil qilishdir; ikkin- chidan, bu fizik tajribadir; uchinchidan, o ‘lchash jarayonida o ‘lcha- nadigan kattalikning o ‘lchov birligining ishlatilishidir. Demak, o ‘lchashdan maqsad, o ‘lchanadigan kattalik bilan uning o ‘lchov birligi sifatida qabul qilingan miqdori orasidagi nisbatni (tafovutni) topishdir. O ‘lchash jarayonida o ‘lchashdan ko‘zda tutiladigan maqsad, ya’ni izlanuvchi kattalik (bu shunday asosiy kattalikki, To ‘g ‘ri: 80 km/h 80 kilometr soatiga N o to ‘g ‘ri: 80 km/soat 80 km soatiga. ...°/s. 2.4. O ‘lchash usullari va ularning turlari 46
uni aniqlash butun izlanish, tekshirishning vazifasi, maqsadi hisob- lanadi) va o ‘lchash obyekti ishtirok etadi. O‘lchash obyekti (o‘lcha- nadigan kattalik) shunday yordamchi kattalikki, u yordamida asosiy izlanuvchi kattalik aniqlanadi yoki shunday qurilmaki, u yordamida o ‘lchanadigan kattalik solishtiriladi. Shunday qilib, uchta tushunchani bir-biridan ajrata bilish kerak: o ‘lchash, o ‘lchash jarayoni va o ‘lchash usuli. O ‘lchash - umuman har xil kattaliklar to ‘g‘risida axborot