unifikatsiya usullarini; — mahsulotlar, jarayonlar va sifat menejmenti tizimini sertifi katlashtirish bo‘yicha ishlarni bajarishda mahsulot va jarayolar sifatini nazorat qilish usullarini; — mahsulot sifati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil qilish usullari va nuqsonlarning sababini tahlil qilish yo ‘llarini; — nazorat, sinash va o ‘lchashlarni bajarish usullarini ishlab chiqish va attestatsiyalash texnologiyasini; — o ‘lchash vositalarini qiyoslash (kalibrlash) vositalari va usul lari hamda yuridik nuqtayi nazardan hujjatlarni metrologik va m e’yoriy ekspertizadan o ‘tkazish qoidalarini; — standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya bo‘yicha ishlarning iqtisodiy samaradorliklarini hisoblash usullarini. 7
1.2. Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish faoliyati va uning rivojlanish tarixi XX asrning ikkinchi yarmida xalq xo‘jaligining barcha soha- laridagi ilm-fan, madaniyatning gurkirab rivojlanishi bejizga ilmiy- texnikaviy inqilob deb atalmaydi. Ilg‘or ilmiy yutuqlar fanga, bizning kundalik hayotimizga kirib kelib, shu darajada odatiy bo‘lib qol- ganki, aksariyat hollarda biz ularga e’tibor bermaymiz yoki sezmay- miz. Bularning hammasi to ‘la ma’noda zamonaviy axborot o ‘l- chash texnikalariga ham tegishlidir. Metrologiya faoliyatining tarixi. O‘lchashlar haqidagi fanning tarixi minglab yillarni tashkil etadi. O ‘lchashlarga bo‘lgan ehtiyoj qadim zamonlarda yuzaga kelgan. Inson kundalik hayotida turli kattaliklar: masofalar, yer maydonlarining yuzalari, jismlarning o ‘lchamlari va massalari, vaqt va hokazolarni bu jarayonlarning