bo‘lgan qator masalalarni o ‘z ichiga oladi. Metrologiya aslida yunonchadan olingan bo‘lib, o ‘lchash, o ‘lcham, nutq, mantiq, ilm yoki fan ma’nolarini bildiradi. Umumiy qilib olinadigan bo‘- linsa, metrologiya — o ‘lchashlar haqidagi fan. Inson aql-idroki, zakovati bilan o ‘rganayotgan, shakllantira- yotgan hamda rivojlantirgan qaysi fan, uning yo‘nalishini olmaylik, albatta, o ‘lchashlar, ularning turli usullari, o ‘zaro bog‘lanishlariga duch kelamiz. Bu o ‘lchash usullari va vositalari yordamida ularning birligini, yagona o ‘lchashni talab etilgan aniqlikda ta’minlash metro logiya fani orqaligina amalga oshiriladi. Shu sababdan hozirdagi qaysi bir fan, ilmiy yo‘nalish, u xoh tabiiy, xoh ijtimoiy bo‘lmasin, albatta, u yoki bu darajada metrologiya bilan bog‘liq. Inson qo‘li yetgan, faoliyati doirasiga kirgan, ammo o ‘lchashlar va ularning vositalari yordamisiz o ‘rganilgan, izlangan hamda ko‘zlangan maq- sadlarga erishish mumkin bo‘lgan birorta yo‘nalish yo‘q. Shuning uchun ham metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish sohasida asosiy tushuncha va qoidalarini bilish, uni o ‘z mutaxas- sisligi doirasida tushunish va amaliy qo‘llash texnika va texnologiya sohalaridagi tayyorlov yo‘nalishlari bitiruvchilari uchun muhim omillardan biri hisoblanadi. «Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish» fani texnika, menejment va marketing sohalari yo‘nalishlarida talabalar va mutaxassislarni tayyorlashda o ‘tilishi lozim bo‘lgan fanlardan 5
hisoblanadi. Ta’lim andozasidan kelib chiqib, ushbu fan talabalarda metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish bo‘yicha zarur