larga ega. Ushbu meros G ‘arb falsafasining shakllanishida, buyuk olimlar va allomalarning muvaffaqiyat qozonishlarida munosib o ‘rin egallagan. Bundan tashqari, respublikamiz «Buyuk ipak yo‘li»ning asosiy tomirida joylashganligi va yirik savdo markazlariga ega bo‘l- ganligi sababli xalqaro iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishida alohida ahamiyat kasb etgan. Vatanimizda ilk ilmlarni shakllan- tirgan buyuk allomalarning hozirgi kunda ham ahamiyatini yo‘qot- magan kashfiyotlari va ilmiy yutuqlari jahon fanlari taraqqiyotida munosib o ‘rin egallagan. G ‘arbda Alfraganus nomi bilan tanilgan Ahmad al-Farg‘oniyning N il daryosining sathini o ‘lchash uchun m o‘ljallangan «Miqyosi Nil» qurilmasi, Mirzo Ulug‘bekning oddiy va sodda o ‘lchash asboblari bilan o ‘ta yuqori aniqlikda tuzilgan «Yulduzlar jadvali», qomusiy olim Abu Rayhon Beruniyning mod- 3
dalar tarkibini aniqlash borasidagi ulkan yutuqlari va hokazolar shular jumlasidandir. Ma’lumki, respublikamizda tub iqtisodiy islohotlar orqali bozor munosabatlarini shakllantirishga kirishishda, eng avvalo, uning strategik maqsadlari belgilanib olindi. Bu maqsadlar ichida «raqobat- bardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishni ta’minlash» alohida ta’- kidlab o ‘tilgan. Iqtisodiy islohotlarning ustuvor sanalgan yo‘nalish- larida ham quyidagilarni ko‘rishimiz mumkin: • ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish orqali tayyor eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish; • aholini yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash; • mamlakatning eksport quvvatidan to ‘la-to‘kis foydalanish, uni jadallik bilan rivojlantirish. Bu borada respublikamizda qisqa muddat ichida ulkan ishlar