amalga oshirildi va natijada O‘zbekistonga faqat xomashyo hududi sifatida qarashga barham berildi. Hozirgi kunda har bir mutaxassis o ‘z faoliyat sohasidagi sifat ko‘rsatkichlar va ularni o ‘lchash usullari, o ‘lchash vositalari, ular- ning texnikaviy tavsiflarini bilishlari zarur. Bundan tashqari, texnika yo‘nalishidagi mutaxassislar o ‘lchanadigan va baholanadigan katta- liklarni nazorat qilish vositalari hamda ularni ishlatish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni bilmoqlari lozim. «Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish» fanini o ‘rganish kasb-hunar kollejlarida ta’lim olayotgan talabalarda met rologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish bo‘yicha asosiy qoidalar, talablar, me’yorlarni standartlashtirish va me’yoriy hujjat- larni bilishini taqozo etadi. Bu esa bugungi kunda, ayniqsa, jahon andozalariga mos keluv- chi mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularning raqobatbardoshligini ta’minlashda, eng muhimi, respublikamizning iqtisodiy salohiyatini oshirishda o ‘ta muhim masalalardan biri sanaladi. Shu sabablarga ko‘ra, «Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish» o ‘quv qo‘llanmasini mustaqillik yillarida respublika mizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy va ta’lim borasidagi islohot- larga yondashgan holda yaratishga harakat qilindi. 4
I BOB. «METROLOGIYA, STANDARTLASHTIRISH VA SIFATNI BOSHQARISH» BO‘YICHA MUTAXASSISLARNI TAYYORLASHNING DOLZARB MASALALARI 1.1. «Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish» fanining maqsad va vazifalari Metrologiya fan sifatida o ‘lchashlar, ularga bog‘liq va tegishli