qonuniy va m e’yoriy-huquqiy hujjatlar va uslubiy materiallarni; — standartlar, texnik reglamentlar va o ‘lchashlar birligi, mahsu lot sifati ustidan mahkamalararo, mahkamaviy va davlat nazorati va tekshiruvi tizimlarini; — o ‘lchashlar birligini ta’minlash usullari va vositalari, metro logik faoliyat yakuniy natijasining o ‘lchashlar sifatiga ta’siri va o ‘lchashlarning asosiy qonuniyatlarini; 6
— mahsulot sifatini nazorat qilishning usullari va vositalari, standartlashtirish texnologiyasi va mahsulotlarni sertifikatlashti- rishni tashkillashtirish, mahsulotni qabul qilish, sinash va nazorat qilishning qoidalarini; — korxona metrologik ta’minotining texnikaviy bazasi va uni tashkillashtirish, o ‘lchash vositalarini qiyoslash (kalibrlash) vositalari va usullari, metrologik ekspertizani o ‘tkazish qoidalarini; — mahsulot sifatini tahlil qilish yo‘llari, texnologik jarayonlarni boshqarish va sifat nazoratini tashkillashtirish; — standartlar, texnik reglamentlar va boshqa m e’yoriy-texnika- viy hujjatlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va joriy etish tartiblarini; — sifat menejmenti tizimi, uni ishlab chiqish, joriy etish, audit o ‘tkazish va sertifikatlashtirish tartiblarini. Talaba quyidagilarni qo‘llashni bilishi kerak: — texnologik jarayonlar va mahsulotning metrologik ta’minoti va mahsulot sifati nazorati uchun nazorat-o‘lchash texnikalarini; — standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlarni olib borish va rejalashtirish uchun kompyuter texnologiya- larini; — standartlar va boshqa m e’yoriy-texnikaviy hujjatlarni ishlab chiqishda parametrik qatorlarni hisoblash va simplifikatsiya hamda