Bugungi kunda ham olimlarimiz o ‘lchash nazariyasi va texni kasi rivoji borasida tinimsiz ilmiy izlanishlar olib borishmoqda. Standartlashtirish faoliyatining tarixi. Insonlar qadimdan standartlashtirish bilan shug‘ullanib kelishgan. Buni miloddan 6 ming yil avvalgi Misr va Shumerda yozish va sanoqning paydo bo‘lishi hamda undagi belgilar, piktogrammalar va boshqa turli xil shakllarda va yozuvlarda ko‘rishimiz mumkin. Bu esa o ‘sha davr- lardagi standartlashtirishning yaqqol bir ko‘rinishidir. Sonlarni bobilliklar miloddan avvalgi 4000-yillarda kashf etishgan. O‘nlik sanoq tizimi ham aynan Bobil davlatida yaratilgan. Nota yozuvlari ham qadimiy m e’yorlashtirilgan til sifatida Gretsiyada miloddan avvalgi 200-yillarda paydo bo‘lgan. Xitoyda miloddan avvalgi 206—220-yillarda shahar va qishloqlar xaritalarda shartli belgilar bilan belgilangan. Miloddan avvalgi 1700—1600-yillarda Feste saroyidagi disklar quymasining aynan bir xilligi ham standartning bir ko‘rinishidir. Xitoy imperatori Sin Shixuandi (taxminan 2200-yil avval) soliqlarni yig‘ishda og‘irlik toshlari, o ‘lchovlar va tangalarni birxil- lashtirgan. U iyerogliflarni birxillashtirib, kamon o ‘qlari va ularning bir xil uzunligini ta’minlagan. Qadimiy Misrda taxminan bundan 7 ming yil avval o ‘lchash san’ati mavjud bo‘lgan. Misr ehromlarida etalon uzunliklari bo‘lib, piramidalar qurilishida uzunligi 52,6 sm, ya’ni «shohlar tirsagi» uzunlik birligidan foydalanilgan. Miloddan avvalgi XVIII asrda qirol Xammurapi standartlashtirilgan og‘irlik va o ‘lchovlar to ‘g ‘- risida qonun qabul qilgan. Bunda og‘irlik o ‘lchov toshi va o ‘lchovlarni keng qo‘llash bilan birgalikda ularni qalbakilashtirishning oldini olish uchun jazolar