Mavzu: Fanga kirish va asosiy tushunchalar.
Reja:
1.
Avtomatlashtirishning texnik vositalari faninig maqsadi va vazifalari
2.
Avtomatlashtirishning texnik vositalari rivojining asosiy bosqichlari va ularning
klassifikatsiyasi
3.
Texnik vosita komplekslari.
Avtomatlashtirishning texnik vositalari faninig maqsadi va vazifalari
Mazkur fan bakalavr yo`nalishi bituruvchi guruhlariga o`tiladigan
fanlardan biri
hisoblanib, mutahassis tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu fangacha o`tilgan fanlar
talabalarning fanni yaxshi o`zlashtirishiga zamin yaratadi. Fan o`z ichiga texnologik jarayonlarni
avtomatlashtirishda ishtirok etadigan ko`plab asosiy texnik vositalarni qamrab oladi va ular
qanday turlarga bo`linadi, qaysi texnologik jarayonlarda ishlatiladi, qanday texnik hususiyatlarga
ega ekanligi va shu kabilar to`g‘risida ma‘lumotlar beradi.
Yurtimizda sanoat sohasi juda jadal rivojlanayotganligini
inobatga olsak, zamonaviy
ichlab chiqarishda yangi turdagi avtomatlashtirishning texnik vositalaridan foydalanilyotganiga
guvoh bo`lamiz. Sanoatning rivojlanishi yurtimiz iqtisodiyotining
yuksalishiga hizmat qilishi
barchamizga ma‘lum.
Avtomatlashtirishning texnik vositalarini rivojlantish orqali sanoatning avtomatlashtirish
darajasini oshirish mumkin.
Fanni o`rganishdan maqsad avtomatlashtirishning texnik vositalarini yaxshi o`rganib,
uning imkoniyatlarini his qilagan holda avtomatlashtirish sohasiga to`g‘ri tadbiq qilishdan va
ulardan samarali foydalanishdan iborat.
AVTOMATLASHTIRISHNING TEXNIK VOSITALARI
—
turli jarayonlarni
avtomatlashtirishga imkon beruvchi asbob va qurilmalar.
Vazifasi:
a) texnologik jarayondagi parametrlarning o`zgarishi haqida nazorat signallarini qabul
qilish,
b) axborotni uzatish,
c) axborotni o`zgartirish va saqlash, uni dasturdagi axborot
bilan taqqoslash va buyruq
axborotini tuzish (axborotni ishlab chiqish),
d) buyruq axborotini texnologik jarayonga tatbiq qilish.
Nazorat axborotni qabul qilish vositalari (asboblar, qurilmalar, datchiklar) nazorat
qilinuvchi parametr ta‘sirini sezuvchi va shu
parametrni mexanik issiqlik, optik va elektr
parametrlarga aylantirib beruvchi organlardan iborat.
Axborotni uzatish vositalari — aloqa liniyalari. Datchiklardan chiqadigan signallar aloqa
liniyalari orqali uzatiladi. Signallarni uzoq masofaga uzatish uchun datchikdan chiqadigan
signallar maxsus o`zgartirgichlar yordamida uzatishga mos shaklga keltiriladi.
Axborotni ishlab chiqish vositalari — registratorlar (qayd qilgichlar),
signalni
o`zgartiruvchi qurilmalar, hisoblash jihozlari va mashinalari,
boshqarish va taqsimlash
qurilmalari,
kommutatsiya
(o`zgartirish)
uskunalari.
Buyruq
(komanda)
axborotini
uzatishvositalari, asosan, nazorat axborotni uzatish vositalariga o`xshaydi.
Axborotni texnologiya jarayoniga tatbiq etuvchi qurilmalar — buyruq signalini
kuchaytiruvchi, uni ijro etuvchi elementlar va rostlovchi organlardan iborat.
Hozirda ishlab chiqarish sanoati yurtimiz iqtisodiyotini jadal rivojlanishiga munosib hissa
qo`shayotgan sohalardan biri bo`lib kelmoqda. Ishlab chiqarish sanoatini avtomatlashtirish uning
rivojlanishiga juda katta hissa qo`shadi.
Avtomatlashtirish darajasini oshirish esa ishlab chiqarish sur`atini keskin oshishiga sabab
bo`ladi. Avtomatlashtirish darajasini oshirish uchun esa birqancha muhim vazifalarni amalga
oshirish kerak bo`ladi. Bulardan biri ishlab chiqarish korxonasini
yangi avtomatlashtishning
texnik vositalari bilan ta‘minlashdir.