Mavzu: Fanga kirish va asosiy tushunchalar. Reja: Avtomatlashtirishning texnik vositalari faninig maqsadi va vazifalari


Avtomatlashtirishning texnik vositalari rivojining asosiy bosqichlari va ularning



Yüklə 143,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix14.12.2023
ölçüsü143,85 Kb.
#179510
1   2   3   4
1-mavzu

Avtomatlashtirishning texnik vositalari rivojining asosiy bosqichlari va ularning 
klassifikatsiyasi 
Avtomatlashtirishning texnik vositalari ATV rivojlanishi murakkab jarayon hisoblanadi. 
Uning asosidabir tomondan avtomatlashgan ishlab chiqarishning iqtisodiy muhimligi va texnik 
ehtiyoji yotsa, ikkinchi tomondan ATV ishlab chiqaruvchining texnologik imkoniyati yotadi. 
Rivojlanishga sabab bo‘lgan birinchi omil yangi, ancha takomillashgan ATVni ishlab 
chiqarishga joriy etish tufayli korxona ishining iqtisodiy samaradorligini oshishi hisoblanadi.
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishdan foydalanish va ishlab chiqarishga joriy 
etishning iqtisodiy va texnik asoslarining rivojlanishida quyidagi bosqichlarni ajratish mumkin:
Birinchi bosqich.
Ushbu bosqich uchun arzon ishchi kuchining ko‘pligi, kam mehnat 
unumdorligi, agregat va moslamalarning eng kam quvvati xarakterli. Bu tufayli texnologik 
jarayonlarni boshqarishda insonning eng ko‘p ishtiroki, boshqaruv ob‘yekti orqali kuzatish, 
shuningdek boshqaruvchi yechimlarni qabul qilish va ijro etish ushbu bosqichda iqtisodiy 
jihatdan oqlangan. Mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish alohida jarayonlar bo`lgan, ular 
orqali boshqarishni inson uchun yetarli darajada ishonchli amalga oshira olmagan.
Ikkinchi bosqich.
Mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirishning kompleks bosqichiga 
o`tish mehnat unumdorligining o`shishi, agregat va moslamalar birlik quvvatining yaxlit bo`lishi, 
avtomatlashtirishning moddiy va fan-texnika bazasining rivojlanishi tufayli sodir bo`ldi. Ushbu 
bosqichda texnologik jarayonlarni boshqarishda inson-operator ob‘yektlarni ishga tushirish va 
to`htatishda, ayniqsa kutilmagan holatlar, avariya holatlar paydo bo`lganda turli mantiqiy 
operasiyalarni bajarish orqali aqliy mehnat bilan shug‘ullanadi, shuningdek ob‘yekt holatini 
baholaydi, avtomatik tizimlar ishini nazorat qiladi va zahiralaydi. Bu bosqichda 
standartlashtirish, ixtisoslashtirish va kooperasiyani keng qo`llashga mo`ljallangan ATVni 
ko`plab seriyada ishlab chiqarish asoslari shakllanadi. Avtomatlashtirish vositalarini keng 
masshtabli ishlab chiqarish va ularni tayyorlashning o`ziga xos hususiyati ushbu ishlab 
chiqarishni asta -sekin mustaqil tarmoqqa ajratishga olib keladi.

Yüklə 143,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin