D xolboyev, U. N. Ibragimov moliyaviy hisob


Moliyaviy hisobot, hisob siyosati, moliyaviy hisobot shakllari



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/152
tarix14.12.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#179633
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   152
Moliyaviy hisob [@iqtisodchi kutubxonasi]

Moliyaviy hisobot, hisob siyosati, moliyaviy hisobot shakllari,
moliyaviy hisobot axborotidan foydalanuvchilar, moliyaviy
hisobotga ilova va tushuntirishlar, moliya, bank, statistika, soliq,
xaridor, buyurtmachi, hissadorlar, moliyaviy hisobotga auditor
xulosasi.
11.1. 0 ‘zbekiston Respublikasida moliyaviy hisobotni tuzish
va taqdim etishning konseptual asosi, hisob siyosati
0 ‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to ‘g ‘risida»gi 
Qonunning 22-m oddasida ta ’kidlanganidek, moliyaviy hisobot 
buxgalteriya hisobi m a’lumotlari asosida to ‘ldiriladi.
Moliyaviy hisobot xo‘jalik yurituvchi subyektning alohida 
mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyektligi yoki xo‘jalik yurituvchi 
subyektlam ing jam langan guruhiga kirishidan q a t’i nazar shu 
xo‘jalik subyektining m a’lum bir davrdagi faoliyatini ko‘rsatuvchi 
moliyaviy axborotni taqdim etish usulidir.
BHMA-1 — hisob siyosati va moliyaviy hisobotning 51-bandiga 
ko‘ra xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisobotini tayyor­
lash va tuzish hisob siyosatidan kelib chiqib, tegishli tamoyil, 
konsepsiya, tartib va amaliy yondashuvlarga asoslanadi.
190


BHMA-1 ning 3-bandiga ko‘ra, hisob siyosati xo‘jalik yuri­
tuvchi subyektning rahbari buxgalteriya hisobini yuritish va 
moliyaviy hisobotni tuzish uchun qabul qiladigan usullam ing 
yig‘indisi tushuniladi, moliyaviy hisobot shu usullarga muvofiq 
va ularning qoidalari ham da asoslariga muvofiq ravishda tuziladi.
Konsepsiya — turli xil tarmoqga tegishli xo‘jaliklar, turli faoliyat 
ko‘rinishlari, tashkiliy va huquqiy shakllarda buxgalteriya hisobini 
olib boruvchi va uni tashkil etuvchi ham da moliyaviy hisobotni 
tuzish asoslarini xarakterlaydi.
Moliyaviy hisob va moliyaviy hisobot konsepsiyasi moliyaviy 
hisob va hisobotning xalqaro standartlariga muvofiq muayyan 
qoidalar va standartlarga rioya qilingan holda tashkil etiladi.
Moliyaviy hisobotning xalqaro standard — moliyaviy hisobot- 
larni tartibga soluvchi qoidalarni o ‘zida m ujassam lashtirgan 
hujjatlar (standartlar va izohlar) to ‘plami bo ‘lib, u tashqi foy­
dalanuvchilar (investorlar)ga tashkilotlar bilan iqtisodiy m unosa- 
batlar bo ‘yicha qarorlar qabul qilishda va kompaniyani boshqarish 
sam a ra d o rlig in i b a h o lash u c h u n asosiy o m illa rd a n b o ‘lib 
hisoblanadi.
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari ishlab chiqarishning 
asosiy sabablaridan biri bu — turli mamlakatlarda tayyorlangan 
moliyaviy hisobotlami investorlar, xorijiy yirik kompaniyalar va 
boshqa moliyaviy korporatsiyalar tom o n id an taqqoslanadigan 
qiyinchiliklar, xalqaro kom paniyalar guruhlari tom onidan turli 
mamlakatlarda har xil moliyaviy hisobotlarni tayyorlashga majbur 
boMganligi va natijada m oliyaviy h iso b o tlarn i tayyorlashda 
qo‘shimcha xarajatlar qilinishiga olib kelgan. M azkur qiyinchiliklar 
va ortiqcha xarajatlaming oldini olish maqsadida bir qator m am - 
lakatlar tom onidan buxgalteriya hisobotining xalqaro standart- 
larini tayyorlash uchun xalqaro tashkilotni tuzishga qaror qilingan.
0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tom onidan 1998- 
yil 26-iyulda 17-07/86-son bilan tasdiqlangan «Moliyaviy hiso­
botni tayyorlash va taqdim etish konseptual asosi»ning 5-bandiga 
ko‘ra quyidagilar konseptual asosning asosiy jihatlaridir:
5.1. Moliyaviy hisobning maqsadi.
5.2. Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot tamoyillari.
191


5.3. 
Moliyaviy hisobotlam ing elementlarini (unsurlarini) ta ’rif- 
lash, e ’tiro f etish va o ‘lchash.
U shbu jihatlarning dastlabkisi, ya’ni moliyaviy hisobotning 
maqsadi — xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy ahvoli, fao­
liyati, moliyaviy ahvolidagi o ‘zgarishlar to ‘g‘risidagi axborotni 
taqdim etishdan iborat.
M oliyaviy h iso b o tn i tayyorlash va ta q d im etish u ch u n
konseptual asos (16 — 36-bandlar) ham da BHMA-1 — «Hisob 
siyosati va moliyaviy hisobot» (16 — 49-bandlar) talablari asosida 
moliyaviy hisob va moliyaviy hisobotda aks ettiriladigan axborotlar 
quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
1. Hisoblash (hisoblab yozish).
2. Ikki yoqlama yozuv.
3. Uzluksizlik (davom iylik) — xo ‘jalik faoliyati kelajakda 
qisqarmagan yoki tugatilmasligi tushuntiriladi.
4. X o‘jalik m uom alalari, aktivlar va passivlarni pul bilan 
baholash.
5. Ishonchlilik (xato va g‘arazlilik bo ‘lmasligi).
6. Ehtiyotkorlik (aktiv va darom adlar narxini oshirib yubor- 
maslik, xarajatlar va majburiyatlaming kamayishiga yo‘l qo ‘y- 
maslik).
7. M azm unning shakldan ustunligi — axborot va voqealar 
mazmunini to ‘g‘ri aks ettirish.
8. Ko'rsatkichlam ing qiyosiyligi (turli hisobot davrlariga taq- 
qoslash mumkinligi).
9. Moliyaviy hisobotdagi betaraflik (xolislik, bexatolik).
10. Hisobot davrida darom adlar bilan xarajatlarning muvofiqligi 
(u bir necha yilga tegishli xarajatlar b o £yicha ham).
11. Aktivlar va m ajburiyatlam ing haqiqiy bahosi (ulam ing 
shakllanish bahosiga asoslanganligi).
12. T ush u narlilik - m oliyaviy hisob va hisobot m a ’lu ­
motlari.
13. Ahamiyatlilik — moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar 
uchun to ‘g‘ri qarorlar qabul qilishda.
14. Jiddiylik — muhimlik, axborotlami tushirib qoldirmaslik, 
n o to ‘g‘ri k o ‘rsatmaslik.
192


15. Haqiqiy va xolis taqdim — to ‘g ‘ri va beg‘araz tasavvur.
16. Tugallanganlik — axborotning to ‘liqligi.
17. Izchillik — turli hisobot davrlarida moliyaviy ahvolidagi 
o ‘zgarishlarni qiyoslash mumkinligi.
18. 0 ‘z vaqtida taqdim etish — asossiz kechikishlarga yo‘l 
q o ‘ymaslik.
19. Zamonaviylik — zamonga mosligi, keyingi o'zgarishlarning 
hisobga olinganligi.
20. Offsetting (moddalaming o ‘zaro hisobga olinishi) — aktivlar 
va passivlar o ‘rtasida o ‘zaro hisobga olinishi bolm asligi kerak 
(masalan darom adlar. xarajatlar va boshqalar).
Moliyaviy hisobotda aks ettiriladigan mablag‘ va m anbalar 
quyidagi unsurlarga b o ‘linadi:
1. Aktivlar.
2. Xususiy kapital.
3. M ajburiyatlar.
4. Daromadlar.
5. Xarajatlar.
6. Moliyaviy natijalar.
7. Rezervlar.
Moliyaviy hisobot unsurlari (elementlari)ning mohiyati «M o­
liyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual 
asos»ning 39—60-m oddalarida berilgan. Unga ko‘ra 

Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin