D xolboyev, U. N. Ibragimov moliyaviy hisob


Kassa muomalalarining hisobi



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/152
tarix14.12.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#179633
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   152
Moliyaviy hisob [@iqtisodchi kutubxonasi]

2.3. Kassa muomalalarining hisobi
X o‘jaliklarda kassa muomalalari hisobini tashkil etish va 
yuritish 0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziv banki Boshqaruvining
2015-yil 20-iyuridagi 2687-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Yuridik 
shaxslar tomonidan kassa muomalalarini amalga oshirish qoidalari» 
bilan tartibga solinadi.
Bevosita korxona kassasidan naqd pulni olish va sarflash bilan 
bog'liq bo‘lgan muomalaiar kassa muomalalari hisoblanadi.
Kassa muomalalarini olib borish uchun mas’ul shaxs — kassir 
tayinlanadi. Kassa uchun ajratilgan xona tegishli tartibda jihoz- 
langan boiishi kerak.
Kassadan pul mablagiarining harakati kassa kirim orderi (KO~ 
1), kassa chiqim orderi (KO-2), to ‘lov qaydnomasi, hisoblashuv- 
to io v qaydnomasi, deponent kartochkasi va boshqa hujjatlarda 
aks ettiriladi.
Ushbu hujjatlar dastlab kirim va chiqim hujjatlarini qayd qilish 
jurnalida ro‘yxatga olinadi.
Tegishli hujjatlar asosida qabul qilingan yoki berilgan 
pullarning harakati kassa daftari (KO-4)da qayd etiladi. Kassa 
daftaridagi qaydlar ikki nusxada amalga oshiriladi va uning ik.kin- 
chi nusxasi tegishli hujjatlar bilan birgalikda kassirning hisobotiga 
ilova qilinadi.
Kassa muomalalarining buxgalteriya hisobiga quyidagi hisob­
varaqlar moijallangan:
5010 — «Milliy valyutadagi pul mablagiari»;
21


5020 — «Xorijiy valyutadagi pul mablag‘lari».
Har ikkala hisobvaraq ham aktiv hisobvaraq bo‘lib, ulardagi 
pul mablag‘larining qoldig‘i hamda kirimi debet tomonida va 
chiqimi kredit tomonida aks etadi.
Kassa hisobvarag‘i, asosan, quyidagi hisobvaraqlar bilan o‘zaro 
boglanadi:
1. Korxonada yetishtirilgan mahsulot (ish, xizmat)lar naqd 
pulga sotilganda - DT 5010 KT 9010, 9030.
2. Bankdagi xo‘jalik hisobvaraqlaridan naqd pul
olinganda - D T 5010 KT 5110-5530.
3. Asosiy vositalar va boshqa aktivlami sotishdan naqd pul 
kirim qilinganda - DT 5010 KT 9210-9220.
4. Hisobdor shaxslarga bo‘nak puli berilganda — DT 4220 
KT 5010.
5. Xodimlarga ish haqi va boshqa to‘lovlar berilganda — DT 
6710 KT 5010, 5020.
6. Inventarizatsiya natijasida 
kassada kam chiqqan pullar 
javobgar shaxsga o‘tkazilganda — DT 5910 KT 5010, DT 4730 
KT 5910.
7. Inventarizatsiya natijasida naqd pullaming oshiqligi aniqlan- 
ganda - DT 5010 KT 9390.
8. K orxonaning valyuta hisobvarag‘idan kassaga kirim 
qilinganda - DT 5010, 5020 KT 5210.
9. Valyuta hisobvarag‘iga valyuta mablag‘larining tushgan va 
kassaga kirim qilingan kundagi:
a) ijobiy kurs farq summasiga — DT 5020, KT 9540.
b) salbiy kurs farq summasiga — DT 9620 KT 5020.
10. Hissadorlar tomonidan ulush sifatida naqd pul topshiril- 
ganda - DT 5010 KT 4610.
11. Kassadan naqd pullar bankdagi hisobvaraqlarga topshiril- 
ganda — DT 5110-5530 
KT 5010, 5020 va boshqalar.
22



Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin