2.4. Xo‘jaliklaming banklardagi hisob-kitob hisobvaraqlarini ochish va ulardan foydalanish tartibi. Ular bo‘yicba muomalalarning hisobi Ma’lumki, xo‘jaliklarning boshqa korxona, tashkilot va muas-
sasalar bilan bo‘ladigan hisob-kitoblari naqd pulsiz ko‘rinishida
amalga oshiriladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi hududida naqd pulsiz hisob-kitoblar
0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan
1995-yil 4-sentabrda qabul qilinib, 2002-yilning 12-yanvarida
hamda 2013-yil 2-iyunida tegishli o‘zgartirishlar kiritilgan « 0 ‘zbe-
kiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to ‘g‘risida»gi
Nizom asosida olib boriladi.
Ushbu Nizom asosida mablag‘lar bir hisob raqamidan ikkinchi
hisob raqamiga naqd pul ishtirokisiz, pul o ‘tkazish yo‘li bilan
amalga oshiriladi.
Bu, o‘z navbatida, xo‘jaliklaming banklarda o‘z hisobraqamlari
bo‘lishligini taqozo etadi.
Bu b o ‘yicha 0 ‘zbekiston Respublikasi M arkaziy banki
Boshqaruvining 2009-yil 16-martdagi 7/2 qarori asosidagi
« 0 ‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hi-
sobvaraqlari t o ‘g ‘risida»gi Yo‘riqnom aga binoan m ijozlar
banklarda quyidagi turdagi bank hisobvaraqlarini ochishlari
mumkin:
— bank hisobvarag‘i;
— jamg‘arma depozit hisobvarag‘i;
— muddatli depozit hisobvarag‘i;
— ssuda hisobvarag‘i;
— talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i.
Banklarda hisob-kitob hisobvaraqini ochish uchun xo‘jalik
quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:
— hisobvaraqni ochish haqida ariza;
— korxonaning davlat ro‘yxatidan o ‘tganligi haqida hujjat;
— korxonaning notarius tasdiqlagan ustavi (nizomi) nusxasi:
— ijnzolar namunalari va muhr nusxasi tushirilgan varaqcha
hamda boshqa tegishli hujjatlar.
23
5110 hisob-kitob hisobvarag‘i aktiv hisobvaraq bo‘lib, unda
pul mablag‘larining qoldig‘i va pul tushumi debet tomonida,
chiqimi kredit tomonida aks ettiriladi.
5110 hisobvarag‘ining boshqa hisobvaraqlar bilan o ‘zaro
bog‘lanishining asosiylari quyidagicha:
1. Xaridor va buyurtmachilardan sotilgan mahsulot (ish,
xizmat)lar uchun pul mablag‘lari kelib tushganda — DT 5110
KT 4010.
2. Korxona kassasidan pul mablag‘lari bankdagi hisobraqamiga
o‘tkazilganda - DT 5110 KT 5010.
3. Xaridor va buyurtmachilardan mahsulotlarni yetishtirish
uchun bo‘nak mablag‘lari olinganda — DT 5110 KT 6310-
6390.
4. Mol yetkazib beruvchi va pudratchi tashkilotlariga qarzlar
to ‘langanda - DT 6010 KT 5110.
5. Xaridor va buyurtmachilardan olingan bo‘nak summalari
qaytarilganda - DT 6310-7310 KT 5110.
6. Byudjetga toMovlar bo‘yicha qarzlar to'langanda — DT 6410
KT 5110.
7. Byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalarga va sug‘urtaga
pul mablag‘lari o‘tkazilganda — DT 6510, 6520 KT 5110.
8. Bank muassasalaridan olingan qisqa muddatli kreditlar
qaytarilganda -D T 6810 KT 5110.
9. Bank muassasalaridan olingan uzoq muddatli kreditlarning
joriy qismi qaytarilganda
— DT 6950 KT 5110.
10. Banklar tomonidan korxonaning hisobraqamlarida saq-
lanayotgan pul mablag‘larini ishlatganligi uchun ustama foizlar
kelib tushganda - DT 5110 KT 4830.
11. Korxonada chet el valyutasini sotib olish uchun pul mab-
lag‘lari o ‘tkazilganda - DT 5530 KT 5110.
12. Foydalaniimagan akkreditiv summasi hisob-kitob hisobva-
rag‘iga qaytarilganda — DT 5110 KT 5510 va boshqalar.
24