2. Qisqa muddatli kreditlar hisobidan akkreditlar ochilganda
- DT 5510 KT 6810.
3. Akkreditiv va chek daftarlari hisoblaridagi ishlatilmagan
summalarning amal qilish muddati o ‘tganligi tufayli tegishli
hisobvaraqlarga qaytarilganda — DT 5110, 5220 KT 5510, 5520.
4. Mol yetkazib beaivchi va pudratchilardan bo‘lgan qarzlar
akkreditiv hisobvarag‘idan to ‘langanda — DT 6010, KT 5510.
5. Akkreditiv hisobvarag'idan sug‘urta to ‘lovi bo‘yicha qarzlar
to ‘langanda - DT 6510 KT 5510.
6. Uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha
qarz akkreditiv hisobva-
rag‘idan to ‘langanda —
DT 7810 KT 5510.
7. Hisoblangan bank foizlari b o ‘yicha qarzlar akkreditiv
hisobvarag‘idan to ‘langanda — DT 6920 KT 5510, 5530.
8. Akkreditiv hisobvarag‘idan bo‘nak mablag‘lari o ‘tkazilganda
- DT 4310, 4330
KT 5510 va boshqalar.
Hisob-kitob cheki — hisobvaraq egasi (chek beruvchi)ning
hisobvarag‘idan muayyan summani oluvchi (chek ushlovchi)ning
hisobvarag‘iga o ‘tkazish to ‘g‘risida bankning maxsus blankasida
tuzilib, bankka yozma ravishda bergan topshirig‘idir.
Hisob-kitob cheklari nafaqat xo‘jalik yurituvchi subyektlarda,
balki xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan jism oniy shaxslar
o'rtasida naqd pulsiz hisob-kitoblarda qo'llaniladi.
Chek daftarlari Markaziy bank bilan kelishilgan andozada,
tijorat banklarining buyurtmalari asosida tayyorlanadi.
Chek daftarlarining blankalari q a t’iy
hisobda turadigan
hujjatlar hisoblanadi.
Cheklar toMov summasi belgilangan vaqtda yozib beriladi. Chek
daftarchalarining egalari ularni mahsulot yetkazib beruvchilar
(chek bo‘yicha pul oluvchilar)ga berishi, shuningdek, to ‘ldirilma-
gan chek blankalariga imzo chekib qo‘yishi taqiqlanadi.
Chek daftarlaridan foydalanish bo‘yicha muomalalarning hisobi
5520 — «Chek daftarlari» hisobvarag‘ida olib boriladi.
Chek daftarlari bilan hisoblashuvlar bo‘yicha muomalalarning
tegishli hisobvaraqlarda aks ettirilishi quyidagicha:
1.
Hisob-kitob hisobvarag‘idan chek daftarchalari hisobvarag‘iga
pul o‘tkazilganda — DT 5520 KT 5110.
28
2. Chek daftarchalari hisobvarag‘iga valyuta hisobvaragi
hamda qisqa muddat kreditlar hisobidan pul o ‘tkazilganda — DT
5520 KT 5220, 6810.
3. Chek hisobidan to ‘langan summalarga — DT 6010, 6810
KT 5520.
4. Chek daftarchalari hisobvarag‘idagi foydalanilmagan sum-
malar muddati o ‘tgach hisob-kitob yoki valyuta hisobvarag‘iga
qaytarilganda — DT 5110, 5210 KT 5520.
5. Kreditorlaming ko‘rsatilgan xizmat,
bajarilgan ishlari uchun
to ‘lovlar chek orqali amalga oshirilganda — DT 6990 KT 5520
va boshqalar.
5530 — «Boshqa maxsus hisobvaraqlar»da bankda maxsus
saqlanadigan maqsadli moliyalashtiriladigan m ablagiar (tushum-
lar), shu jum ladan, ijtimoiv muassasalar, obyektlar (bolalar
muassasalari va boshqalar)ni saqlash uchun ota-onalardan, o‘zga
foydalanuvchilar va boshqa manbalardan kelib tushadigan pul
mablag‘lari, xo‘jaliklaming talabiga ko‘ra
alohida hisobvaraqlarda
yig‘iladigan va sartlanadigan kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish
mablag‘lari, hukumat organlarining subsidiyalari (toshloq va
sho‘rlangan yerlarni yaxshilashga moliyaviy yordam va boshqalar)
va ayrim boshqa maxsus maqsadlarga mo‘ljallangan mablag‘laming
kirimi hamda ulami shu maqsadlar chegarasidagi sarflanishi
hisobga olinadi.
Ushbu maxsus hisobvaraqlarga tegishli muomalalar bo‘yicha
tuziladigan buxgalteriya provodkalarining asosiylari quyidagilar:
1. Hisob-kitob hisobvarag‘idan maxsus hisobvaraqlarga pul
mablag‘lari o‘tkazilganda — DT 5530 KT 5110.
2. Sotib olingan pul ekvivalentlari uchun maxsus hisobvaraq
mablag‘i hisobidan to‘langanda — DT 5610 KT 5530.
3. Joriy davrda ijaraga beruvchiga to ‘lovlar maxsus hisobva-
raqdan to ‘langanda — DT 6910, KT 5530.
4. Aksiyadorlardan bo‘nak mablag‘lari kelib tushganda — DT
5530 KT 6320.
5. Markaziy bank belgilagan kurs bo‘yicha chet el valyutalarini
sotishdan maxsus hisobvaraqqa mablag' kelib tushganda — DT
5530 KT 5210 va boshqalar.
29
Ayrim yuridik shaxslar tomonidan
milliy valyutada korporativ
bank kartochkalaridan ham foydalanish mumkin. Ushbu kartoch-
kalar bilan hisoblashuvlar u bo‘yicha Adliya vazirligi tomonidan
2005-yil 18-aprelda tasdiqlangan 1470-nizom asosidagi 5540 —
«Korporativ kartochka» hisobvarag‘ida tashkil etiladi (SBX 2016-
yil 9-may, 19-son, 15—16-betlar).
Dostları ilə paylaş: