D xolboyev, U. N. Ibragimov moliyaviy hisob


Pul ekvivalentlarining hisobi. Yo‘ldagi pul



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/152
tarix14.12.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#179633
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   152
Moliyaviy hisob [@iqtisodchi kutubxonasi]

2.7. Pul ekvivalentlarining hisobi. Yo‘ldagi pul
mablagiari (o‘tkazma) hamda qisqa muddatli
investitsiyalarning hisobi
X o‘jalik kassasida saqlanadigan aloqa markalari, biletlar, 
yoMlanma va pul ekvivalentlarining mavjudligi va harakati to ‘g‘risi- 
dagi m aium otlar 5610 — «Pul ekvivalentlari» hisobvarag‘ida aks 
etadi.
5610 aktiv hisobvaraqlardan bo‘lib, pul ekvivalentlarining ki- 
rimiga ushbu hisobvaraq debetlanib, 5010, 5020, 5110, 4220- 
4290, 6970, 6990 hisobvaraqlar kreditlanadi. Pul ekvivalentlarining 
sarflanishiga 2010, 2510, 2710, 9410, 9420, 9430 va boshqa 
hisobvaraqlar debetlanib, 5610 hisobvaraq kreditlanadi.
5710 — «YoMdagi pul mablag‘lari (o‘tkazma)larining« hisob- 
varag‘ida mahsulot (ish, xizmatlar) sotishdan inkassatorga top- 
shirilgan pul tushumi va o‘tkazmalar (saqlanish joyidan jo ‘natil- 
gan, lekin tayinlangan joyga kirim qilinmagan, yetib bormagan 
pul mablag‘lari) hisobga olinadi.
Ushbu hisobvaraq tranzit hisobvaraqlarning biri b o iib , pul 
mablag‘lari ustidan uzluksiz nazoratni ta ’minlashga xizmat 
qiladi.
5710 hisobvaraq debetlanganda 5010, 5020, 4010, 6300, 7310 
va boshqa hisobvaraqlar kreditlanadi, 5710 hisobvaraq kreditlan- 
ganda 5010, 5020, 5110, 5210, 5530 va boshqa hisobvaraqlar 
debetlanadi.
Qisqa muddatli investitsiyalar — bu muomala muddati 12 
oydan oshmaydigan, yengil sotiladigan moliyaviy aktivlaming xarid 
qilinishi va foydalanishiga oid investitsiyalardir. Ular jumlasiga 
qimmatli qog‘ozlar (aksiya, obligatsiya va boshqalar), foizli davlat
30


va mahalliy obligatsiyalar, shuningdek, bir korxonaning boshqa 
korxonaga bergan qarzlari kiradi.
Qisqa muddatli investitsiyalaming hisobi 5810 — «Qimmatli 
qog‘ozlar», 5830 - «Berilgan qisqa muddatli qarzlar», 5890 -
«Boshqa joriy investitsiyalar» hisobvaraqlarida olib boriladi.
Qimmatli qog‘ozlar xaridiga 5810 hisobvaraq debetlanib, 5110, 
5210 hisobvaraqlar yoki barcha material va boshqa qiymatliklar 
hisobvaraqlari kreditlanadi. Ular sotilganda DT 9220 KT 5810 
provodkasi tuziladi.
Boshqa korxonaga berilgan qisqa muddatli qarzlarga DT 5830 
KT 5110 yoki boshqa hisobvaraqlar, korxonalar olgan qarzlarini 
qaytarib berishda DT 5110 KT 5830 provodkasi tuziladi.
5890 — «Boshqa joriy investitsiyalar» hisobvarag‘ida korxona- 
larning mamlakat va chet el valyutalarida omonat sertifikatlari, 
banklardagi depozit hisobvaraqlariga qilingan investitsiyalaming 
va boshqa joriy investitsiyalaming harakati hisobga olinadi.

Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin