2.8. Kamomadlar, qiymatliklarning buzilishi va
yo‘qotishlaming hamda boshqa joriy
aktivlarning hisobi
5910 — «K am om adlar va qiym atliklarning buzilishidan
yo‘qotishlar» hisobvarag‘ida qiymatliklarni tayyorlash, saqlash,
sotish jarayonlarida hamda inventarizatsiya natijasida aniqlangan
yetishmaslik va buzilishlar summasi hisobga olinadi.
Tovar-moddiy zaxiralar, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar
bo‘yicha aniqlangan yetishmaslik va ulaming buzilish summasiga
5910 hisobvarag‘i debetlanib, 1010-1090, 9210, 9220 va boshqa
hisobvaraqlar kreditlanadi, ular sodir boiish sabablari bo‘yicha
5910 hisobvaraq kreditlanib, 4730, 4860, 9430 va boshqa hisob
varaqlar debetlanadi.
5920 — «Joriy aktivlar» hisobvarag‘ining debetida hisobvaraqlar
rejasining ushbu bo‘limida ko‘zda tutilmagan, lekin xo‘jalikning
mulki hisoblangan joriy aktivlar (DT 5110, 5920 KT 4220-4290,
6970), kreditida ulaming sarflanishi (DT xarajat hisobvaraqlari
KT 5920) aks ettiriladi.
31
2.9. Tashkilotlar bilan hisob-kitoblar hisobi.
Mol yetkazib beruvchilar va xaridorlar bilan
hisob-kitoblar hisobi
Xo‘jaliklarda mol yetkazib beruvchilar va xaridorlar bilan
hisob-kitob naqd pulsiz shaklda amalaga oshiriladi. Amalda naqd
pulsiz hisob-kitobning turli shakllari qo‘llaniladi. U yoki bu
shaklni qoilash, tuzilgan shartnomada kelishilib olinadi, ayrim
vaqtlarda esa qaysi shaklni qo‘llash amaldagi me’yoriy hujjatlarda
belgilangan bo‘ladi.
Tovar-moddiy qiymatliklar, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan
xizm atlar, shuningdek, tashish b o ‘yicha olingan xizm atlar
uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga b o ‘lgan joriy
majburiyatlar to ‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish 6010
— «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to ‘lanadigan
hisoblar» da amalga oshiriladi. 6010 — «Mol yetkazib beruv
chilar va pudratchilarga toManadigan hisoblar» haqiqatda kelib
tushgan TM Z va boshqa aktivlar, qabul qilingan ish va xiz-
m atlarning qiymatiga ushbu qiym atliklarning yoki tegishli
xarajatlarni hisobga oluvchi hisoblar bilan bog‘langan holda
kreditlanadi.
6010 — «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to ‘lana-
digan hisoblar» bo‘yicha analitik hisob har bir mol yetkazib
bemvchi va pudratchi bo‘yicha alohida yuritiladi.
6010 — «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toMana
digan hisoblar»ning korrespondensiyasi:
— mol yetkazib beruvchilardan o ‘rnatiladigan asbob-uskunalar
kelib tushganda — DT 0710, KT 6010;
— kapital quyilmalar uchun mol yetkazib beruvchilar va pud-
ratchilaming bajargan ishlari va ko‘rsatgan xizmatlari yuzasidan
berilgan hisoblar to ‘lovga qabul qilinganda — DT 0810 — 0890,
KT 6010;
— mol yetkazib beruvchilardan materiallar kelib tushganda —
DT 1010 - 1090, KT 6010;
— mol yetkazib beruvchilardan o‘stirishga va boquvga hayvon-
lar kelib tushganda — DT 1110, 1120,
KT 6010;
32
- xo'jalik tomonidan asosiy va yordamchi ishlab chiqarish,
umumishlab chiqarish va boshqaruv ehtiyojlari uchun mol yetka-
zib beruvchilarning bajargan ish va xizmatlari qabul qilinganda
- DT 2010, 2310, 2510, 9420, KT 6010;
- mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga b o ‘lgan qarzlar
bankdagi hisoblardan to ‘langanda — DT 6010, KT 5110 —
5530;
- mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarning hisoblarini
to ‘lashda oldindan berilgan avanslaming hisobga olinishi - DT
6010, KT 4310 - 4330;
- d a’vo m uddati tugagan kreditorlik qarzlari hisobdan
chiqarilganda — DT 6010, KT 9360;
Xo‘jaliklarda xaridorlar va buyurtmachilar bilan tayyor mahsu-
lotlar, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun debetorlik
qarzlari bo‘yicha hisob-kitoblar to ‘g‘risidagi axborotlami umum-
lashtirish 4010 — «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan
hisoblar»da amalga oshiriladi.
4010 — «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan hisob-
lar»ning korrespondensiyasi:
- mahsulot, ish va xizmatlarni sotishdagi xaridorlar va
buyurtmachilaming qarzlari summasi — DT 4010, KT 9010 —
9030;
- asosiy vositalar va boshqa aktivlami sotishdagi xaridorlar
va buyurtmachilaming qarzlari summasida — DT 4010, KT 9210,
9220;
- xaridorlar va buyurtmachilardan to ‘lovlar kelib tushganda
- DT 5110 - 5530, KT 4010;
- xaridorlar va buyurtmachilarga sotilgan tovarlar, mahsulot -
lar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha hisob-
kitob hujjatlarini taqdim etishda olingan avanslaming hisobga
olinishida — DT 6310, KT 4010;
- xaridorlar va buyurtmachilaming to ‘lanmagan qarzlarining
zararga hisobdan chiqarilishida — DT 9430, KT 4010.
33
|