22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
206-modda. Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish Oldingi tahrirga qarang. Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish, ya’ni davlat organi, davlat
ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsining
o‘ziga qonun bilan berilgan vakolatlar doirasidan chetga chiqadigan harakatlarni qasddan sodir
etishi, fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat
yoki jamoat manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
(206-moddaning birinchi qismi dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda) Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha
majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan ikki yilgacha
ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(206-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) Oldingi tahrirga qarang. O‘sha harakat:
a) juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda;
b) uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
(206-moddaning ikkinchi qismi dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda) Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash
yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(206-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17- apreldagi 11-sonli “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar bo‘yicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi qarori 8-bandi , 11-bandining to‘rtinchi xatboshisi , 28 va 29-bandlari , O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 15-martdagi 9-sonli “Savdo sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarori 8-bandining ikkinchi xatboshisi , O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam o‘ldirishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 25-bandi , O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 6-sentabrdagi 18-sonli “Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 15-bandining ikkinchi xatboshisi .
Oldingi tahrirga qarang. (206 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)