Umumiy qoidalar


-modda. Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

73-modda. Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ozodlikdan mahrum qilish, intizomiy qismga jo‘natish, xizmat bo‘yicha cheklash, ozodlikni
cheklash yoki axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslarga nisbatan jazoni o‘tashdan
muddatidan ilgari shartli ozod qilish qo‘llanilishi mumkin. Shaxs ijro etilmagan qo‘shimcha
jazodan ham ozod qilinishi mumkin.
(73-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish ushbu moddaning 
birinchi
qismida 
ko‘rsatilgan jazo turlari uchun o‘rnatilgan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnatga
halol munosabatda bo‘lgan mahkumga nisbatan qo‘llaniladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish mahkum:
a) ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyati uchun sud tayinlagan
jazo muddatining kamida uchdan bir qismini;
Oldingi
 tahrirga qarang.
b) og‘ir jinoyati uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar shaxs ilgari
qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan bo‘lsa, sud
tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan ikki qismini;
(73-modda uchinchi qismining “b” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 23-martdagi O‘RQ-
825-sonli 
Qonuni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 03/23/825/0164-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
v) o‘ta og‘ir jinoyati uchun, shuningdek jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan
yoki jazosi yengilrog‘i bilan almashtirilgan shaxs jazoning o‘talmagan qismi mobaynida qasddan
yangi jinoyat sodir etganligi uchun hukm qilingan bo‘lsa, sud tayinlagan jazo muddatining
kamida to‘rtdan uch qismini haqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin qo‘llanilishi mumkin.
(73-modda uchinchi qismining “v” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 23-martdagi O‘RQ-
825-sonli 
Qonuni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 03/23/825/0164-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 
536-moddasi
.
Jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish:
Oldingi
 tahrirga qarang.
a) umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan shaxsga;
(73-modda to‘rtinchi qismining “a” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi O‘RQ-
99-sonli
 Qonuni 
tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda)
b) o‘ta xavfli retsidivistga;
v) uyushgan guruh yoki jinoiy uyushmaning tashkilotchi va qatnashuvchilariga;
Oldingi
 tahrirga qarang.
g) javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirganlik, o‘n sakkiz yoshga
to‘lmagan jabrlanuvchining nomusiga tekkanlik yoki unga nisbatan zo‘rlik ishlatib, jinsiy
ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirganlik, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxsni jinsiy aloqada
bo‘lish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish bilan bog‘liq holda jinsiy aloqa qilishga
1


majbur etganlik, o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilganlik yoki jinsiy ehtiyojni
g‘ayritabiiy usulda qondirganlik yoki unga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilganlik, voyaga
yetmagan shaxs tavsiflangan yoki tasvirlangan pornografik mahsulotni tarqatish, reklama qilish,
namoyish etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirganlik, xuddi shuningdek
uni tayyorlaganlik, tarqatganlik, reklama qilganlik, namoyish etganlik yoxud voyaga yetmagan
shaxsni pornografik xususiyatga ega harakatlarning ijrochisi sifatida jalb etganlik, voyaga
yetmagan shaxsni jalb etgan holda qo‘shmachilik qilganlik, fohishaxonalarni tashkil etganlik yoki
saqlaganlik, O‘zbekiston Respublikasiga, tinchlikka va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyat sodir
etganlik, yadroviy, kimyoviy, biologik va boshqa xildagi ommaviy qirg‘in qurollarini, shunday
qurollarni ishlab chiqarish uchun foydalanish mumkinligi ayon bo‘lgan material va uskunalarni,
kontrabanda qilganlik uchun hukm qilingan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
(73-modda to‘rtinchi qismining “g” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi O‘RQ-
829-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi 112-moddasining 
uchinchi qismi 
va 
164-
moddasi
.
Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilinib, jazoning o‘talmagan qismi
mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan sud ushbu Kodeksning 
60-
moddasida
nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq jazo tayinlaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning (ro‘yxat raqami: 2495, 29.07.2013-y.) 
472 — 480-
bandlari
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 22-
dekabrdagi 16-sonli “Sudlar tomonidan amnistiya aktlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi
qarori 15-bandining 
to‘rtinchi xatboshisi
.

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin