22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
72-modda. Shartli hukm qilish Agar sud ozodlikdan mahrum qilish, intizomiy qismga jo‘natish, xizmat bo‘yicha cheklash
yoki axloq tuzatish ishlari jazolarini tayinlash vaqtida sodir etilgan jinoyatning xususiyati va
ijtimoiy xavflilik darajasi, aybdorning shaxsi va ishdagi boshqa holatlarni e’tiborga olib, aybdor
tayinlangan jazoni o‘tamasdan turib ham uning xulqini nazorat qilish orqali tuzatish mumkin,
degan qat’iy fikrga kelsa, shartli hukm qo‘llashi mumkin. Bunday holda sud, basharti,
belgilangan sinov muddati davomida jazoning shartliligini bekor qilish asoslari kelib chiqmasa,
tayinlangan jazoni ijro etmaslik to‘g‘risida qaror chiqaradi.
Sinov muddati bir yildan uch yilgacha belgilanib, hukm chiqarilgan kundan boshlab
hisoblanadi. Basharti, shartli hukm qilish to‘g‘risidagi qaror yuqori sud tomonidan chiqarilgan
taqdirda ham, sinov muddatini hisoblash shu kundan boshlanadi.
Shartli hukm qilinganda, basharti, bunga asoslar mavjud bo‘lsa, sud mahkumga muayyan
vaqt mobaynida yetkazilgan zararni bartaraf qilish, ishga yoki o‘qishga kirish, yashash joyi, ish
yoki o‘qish joyi o‘zgarib qolsa, bu haqda shartli hukm qilingan shaxsning xulqi ustidan nazorat
olib boruvchi organga xabar berib turish, vaqti-vaqti bilan kelib bu organlarda ro‘yxatdan o‘tib
turish, muayyan joylarda bo‘lmaslik, muayyan vaqtda yashash joyida bo‘lishi, alkogolizm,
giyovandlik, zaharvandlik yoki tanosil kasalligidan davolanish kursini o‘tashi kabi majburiyatlarni
yuklashi mumkin.
Shartli hukm qilingan shaxslarning xulqi ustidan ichki ishlar organlari, harbiy xizmatchilar
xulqi ustidan esa, harbiy qism yoki muassasaning qo‘mondonligi nazorat olib boradi.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi 15-moddasining birinchi qismi , 32-bobi (“Shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazorat”). Hukm qilingan shaxsning xulqi ustidan nazorat olib boruvchi organning taqdimi bilan sud
sinov muddati davomida unga yuklatilgan majburiyatlarning hammasini yoki bir qismini olib
tashlashi yoki uning zimmasiga yangi majburiyatlar yuklashi ham mumkin.
Agar shartli hukm qilingan shaxs sinov muddati davomida sud unga yuklagan
majburiyatlarni bajarmasa yoxud jamoat tartibi yoki mehnat intizomini buzganligi uchun unga
ma’muriy yoki intizomiy ta’sir chorasi qo‘llanilgan bo‘lsa sud uning xulqi ustidan nazorat olib
boruvchi organ taqdimnomasiga binoan jazoning shartliligini bekor qilib, hukmda tayinlangan
jazoni ijro etish to‘g‘risida ajrim chiqarishi mumkin.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 535-moddasi. LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23- maydagi 07-sonli “Sud hukmi to‘g‘risida”gi qarori 30-bandining beshinchi xatboshisi . Oldingi tahrirga qarang. Shartli hukm o‘ta og‘ir jinoyati uchun hukm qilinganlarga, shuningdek ilgari qasddan sodir
etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilingan shaxslarga nisbatan
qo‘llanilmaydi, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar, birinchi va ikkinchi guruh nogironligi
bo‘lgan shaxslar, ayollar, shuningdek oltmish yoshdan oshgan shaxslar bundan mustasno.
1
(72-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son) Shartli hukm qilingan shaxs sinov muddati davomida yangi jinoyat sodir etsa, sud unga
nisbatan ushbu Kodeksning
60-moddasida
nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha jazo tayinlaydi.
LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3- fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 31 — 36 -bandlari , O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 22-dekabrdagi 16-sonli “Sudlar tomonidan amnistiya aktlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori 23-bandining ikkinchi xatboshisi , O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-sentabrdagi 21-sonli “Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 10-bandining birinchi va ikkinchi xatboshilari .