Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»


Sovuq urishining IV darajasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə167/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

Sovuq urishining IV darajasi 
to‘qimalarning hamma qatlamlari, jumladan, 
suyaklarning ham jonsizlanishi bilan xarakterlanadi. Bunday chuqur sovuq urishda 
tananing shikastlangan qismini isitib bo‘lmaydi, u sovuqligicha qoladi va hech 
narsani sezmaydi. Teri qora suyuqlik bilan to‘lgan pufaklar bilan qoplanadi. 
Shikastlanish chegarasi asta-sekin aniqlanadi. Ro‘y-rost demarkatsion chiziq 10-17 
kun o‘tgach paydo bo‘ladi. Shikastlangan zona tezda qorayadi va quriy boshlaydi 
(mo‘miyolanadi). Nekrozga uchragan sohaning ko‘chib tushish protsessi ko‘pga 
cho‘ziladi (1—2 oy), jarohat juda sekin bitadi. 
Bu davrda bemorning umumiy ahvoli yomonlashadi, organlarda distrofik 
o‘zgarishlar kuzatiladi. Doimiy og‘riq va intoksikatsiya bemorni holdan ketkazadi, 
qon tarkibi o‘zgaradi, bemorlar boshqa kasalliklarga tezda chalinadigan bo‘lib 
qoladilar. 
Sovuq urishida birinchi yordam.
Birinchi yordam shikastlangan kishini va 
ayniqsa tanasining sovuq urgan qismini zudlik bilan isitishdan iborat. Sovuq urgan 
bemorni imkon boricha issiq xonaga olib kirish kerak. Avvalo, tananing sovuq 
urgan qismini isitish, unda qon aylanishini tiklash lozim.
Bunga sovuq urgan sohani spirtga ho‘llangan toza qo‘l bilan, ba'zan ancha 
vaqtgacha massaj qilish yo‘li bilan erishiladi. Terida sezuvchanlik tiklanishi bilan 
ishqalashni to‘xtatish mumkin. Tananing sovuq urgan qismlarini qor bilan 
ishqalash mumkin emas, chunki bu sovuq urishini kuchaytiradi, qor zarrachalari 
esa terini shikastlaydi, bu hol sovuq urgan sohaga infektsiya tushishiga imkon 
beradi. Terida shish va pufakchalar bo‘lganda uni ishqalash va massaj qilish 
mumkin emas. Bunday hollarda issiq vannalar yordamida isitish lozim. Suv 


173 
haroratini 20-30 minut ichida asta-sekin 20° dan 40°C gacha oshira borish mum-
kin. Bunda sovuq urgan joyni sovun bilan kirdan tozalash kerak. 
Vannadan va ishqalashdan so‘ng shikastlangan sohani quritish (artish), steril 
bog‘lam bog‘lash va issiq qilib o‘rab-chirmash kerak. Sovuq urgan sohalarga yog‘ 
va malhamlar surtmaslik kerak, chunki bu keyinchalik ularni birlamchi tozalashni 
ancha qiyinlashtiradi. 
Shikastlangan kishini umuman isitish bo‘yicha tadbirlar birinchi yordam 
ko‘rsatishda katta ahamiyatga ega. Bemorlarga issiq kofe, choy, sut beriladi. Sovuq 
urgan kishini tibbiyot muassasasiga tez yetkazish ham birinchi yordam 
hisoblanadi. Uni transportda olib borishda yana sovqotishiga yo‘l qo‘ymaslik 
kerak. Butun organizmni qattiq sovuq urganda umumiy muzlash ro‘y beradi. 
Umumiy sovqotish va muzlash kuch-kuvvatini yo‘qotib, yo‘lda adashib qolgan
kasalliklardan tinka-madori qurigan yoki juda oriqlab ketgan kishilarda ro‘y 
beradi. Ko‘pincha qattiq mastlik holatida bo‘lgan shaxslar muzlab qolishadi. 
Umumiy sovqotish avj olayotgan vaqtda avvaliga charchoqlik, karaxtlik, 
uyquchanlik sezgisi paydo bo‘ladi. Tana harorati bir necha gradusga pasayganda 
behushlik holati yuz beradi. Shunday holatda sovuq ta'sirining davom qilishi tezda 
nafas olish va qon aylanishining to‘xtashiga olib keladi. 
Birinchi yordam. Shikastlangan kishini, avvalo, iliq xonaga olib kirish, so‘ngra uni 
isitish chorasini ko‘rish lozim. Asta-sekin isitish kerak. Yaxshisi, vannada isitgan 
ma'qul. Suv xona haroratida bo‘lishi kerak. Tananing hamma qismlarini birin-ketin 
massaj qilinib, suvni asta-sekin 36°C gacha isitiladi. Teri pushti rangga kirgandan 
va oyoq-qo‘llarning qotib qolishi yo‘qolgandan keyin tiriltirish bo‘yicha tadbirlar 
o‘tkaziladi, sun'iy nafas oldiriladi, yurak massaj qilinadi. Bemor o‘zicha nafas ola 
boshlagandan va es-hushi joyiga kelgandan so‘ng uni karavotga olib yotqiziladi
issiq qilib o‘rab qo‘yiladi, issiq kofe, choy, sut beriladi. Oyoq-qo‘llarning sovuq 
urganligidan darak beradigan alomatlar bo‘lganda tegishli yordam ko‘rsatiladi. 
Shikastlangan kishilarni albatta davolash muassasasiga olib borish kerak. 
Transportda olib borishda ularnipg qaytadan sovqotmasligi uchun hamma 
choralarni ko‘rish shart.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin