199
Birinchi o‘lchov ishlarini derazadan eng uzoq va devordan bir metr uzoqlikda
joylashgan nuqtasida, ikkinchisi ikki metr masofada va hokazo yorug‘lik
tushayotgan deraza tomonga qarab yoritilganlik o‘lchansin.
Tajriba xonasidagi yoritilganlik ish stoli balandligida (0,8 1,0 m) o‘lchansin.
Xonadagi istalgan nuqtadagi tabiiy yoritilganlik ko‘rsatkichini aniqlash uchun bir
vaqtning o‘zida bino tashqarisidagi va tajriba xonasida
tekshiriladigan nuqtaning
yoritilganligi o‘lchanadi.
Ish xonasidagi tekshiriladigan nuqtaning tabiiy yoritish koeffitsi-entining
qiymat miqdori quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
%
100
*
ташки
ички
Е
Е
е
Tajriba mashg‘ulotida o‘lchov ishlarini olib borish uchun bir vaqtning o‘zida
bir guruh o‘quvchilar xona ichidagi, ikkinchi guruh o‘quvchilar
esa bino
tashqarisidagi yoritilganlikni lyuksmetr yordamida o‘lchaydilar. Har bir nuqtadagi
yoritilganlikning bir vaqtda o‘lchanishi sekundomer yordamida amalga oshiriladi.
O‘lchash paytida lyuksmetrning fotoelementi gorizontal holatda ushlab turilib,
yorug‘likni qabul qiluvchi tomoni yuqoriga qaratilgan bo‘lishi talab qilinadi.
Gal’vanometr ham gorizontal holatda bo‘lishi kerak.
Fotoelementga haddan tashqari yorug‘lik tushmasligi va uning milli
chegaradan chiqib ketmasligi uchun fotoelement ustiga K va T moslama o‘rnatish
maqsadga muvofiq. Agar gal’vanometr ko‘rsatkichi 20 lk ga bormasa, bunda hisob
0-30 lk ko‘rsatkichi bo‘yicha olib boriladi. Agar gal’vanometr ko‘rsatkichi 100 lk
dan ortiq bo‘lganligini ko‘rsatsa unda yorug‘lik yutish koeffitsienlari past bo‘lgan
K va R yoki K va M o‘rnatmalarni o‘rnatib har safar o‘lchov natijalarini solishtirib,
qayd etish lozim. Past yoritilganlik holatlarida (100) lk gacha o‘lchov ishlari ochiq
fotoelement yordamida ya`ni hech qanday o‘rnatmasiz amalga oshiriladi.
O‘lchov ishlari binodan tashqarida bajarilayotganda lyuksmetrning
fotoelementiga osmondan tushadigan yorug‘lik nurlari bir tekisda ta`sir
etishi
uchun binodan 10 metrdan kam bo‘lmagan uzoqlikda bajariladi.
O‘lchov natijalari asosida tajriba xonasining o‘qi bo‘yicha tabiiy
yoritilganlikning koeffitsienti aniqlanib, yoritilganlikning o‘zgarish
grafigi
chizilsin. Qurilish qoida va me`yorlari SNi P II-4-79 “Tabiiy va sun`iy yoritish.
YOritilganlik me`yorlari” ga ko‘ra tajriba xonasidagi yoritilganlikka asoslanib,
ruxsat etilgan ishning razryadi bo‘yicha, ish bajariladigan ob`ektdagi eng kichik
detalning o‘lchami aniqlansin.
Binolarni ikkala yon tomondan tabiiy yoritiladigan
xonalarda tabiiy yoritish
koeffitsientining me`yorlangan eng kichik qiymati binoning o‘rta qismi uchun
belgilanadi.
200
Binolar yuqoridan va murakkab yoritilganda tabiiy yoritish koeffitsientining
o‘rtacha qiymati olinadi. Birinchi va oxirgi o‘lchash
nuqtalari esa devor yoki
poydevordan bir metr masofada aniqlanadi.
SHuni hisobga olish kerakki qurilish me`yorlari va qoidalari SNi P- II-4-79
“Tabiiy va sun`iy yoritish. YOritilganlik me`yorlari”ga ko‘rsatilgan tabiiy yoritish
me`yorlari Rossiyaning III yorug‘lik kengligi uchun keltirilgan. O‘zbekiston
Respublikasi yorug‘lik kengligi bo‘yicha IV kenglikka kiradi. SHu sababli
O‘zbekiston Respublikasi uchun tabiiy yoritish koeffitsienti quyidagi formula
orqali aniqlanadi.
c
m
е
е
III
n
n
V
IV
II
I
,
,
,
(3)
Bu erda
III
n
е
- tabiiy yoritish koeffitsientining SNi P II-4-79 1jadvaldan
olinadigan qiymati
Dostları ilə paylaş: