212
Sun’iy nafas oldirish
jarohatlangan kishini tok ta’siridan qutqazib olish,
uning holatini aniqlash bilanoq boshlanishi kerak. Sun’iy
nafas oldirish
"Og‘izdan og‘izga" deb ataluvchi usul bilan, ya’ni yordam ko‘rsatuvchi kishi
o‘z o‘pkasini havoga to‘ldirib, jarohatlangan kishi og‘zi orqali uning o‘pkasiga
havoni haydaydi. Odam o‘pkasidan chiqkan havo, ikkinchi odam o‘pkasi ishlashi
uchun etarli miqdorda kislorodga ega bo‘lishi aniqlangan.
Bu usulda
jarohatlangan kishi chalqancha yotqiziladi, og‘zi ochib tozalanadi, havo o‘tish
yo‘lini ochish uchun boshini bir qo‘li bilan peshona aralash ko‘tariladi,
ikkinchi
qo‘l bilan dahanidan tortib, dahanini bo‘yni bilan taxminan bir chiziqqa
keltiriladi (-rasm). Shundan keyin ko‘krak qafasini to‘ldirib
nafas olib, kuch
bilan bu havoni jarohatlangan kishi og‘zi orqali puflanadi. Bunda yordam
ko‘rsatayoggan kishi og‘zi bilan, jarohatlangan kishining og‘zi butunlay
berkitiladi va yuzi yoki panjalari yordamida uning
burnini berkitish kerak
bo‘ladi(-rasm). Shundan keyin yordam ko‘rsatuvchi boshini ko‘tarib, yana
o‘pkasini havoga to‘ldiradi. Bu vaqtda jarohatlangan kishi kamkuch holda
nafas chiqaradi.
Bir daqiqa vaqtda taxminan 10-12 marta puflashni doka, dastro‘mol va
kuvurchasimon asbab orqali ham bajarish mumkin.
Agar jarohatlangan kishi
mustaqil nafas olishni tiklagan taqdirda ham, sun’iy nafas oldirishni bemor
o‘ziga kelguncha davom ettiriladi.
Dostları ilə paylaş: