Klinik o‘lim holati 5-8 minut davom etadi. Hech qanday yordam bo‘lmagan taqdirda eng oldin bosh
miya qobig‘idagi hujayralar parchalanadi va klinik o‘lim holati biologik o‘lim
xolatiga o‘tadi.
Biologik o‘lim -
qaytarib bo‘lmaydigan jarayon bo‘lib, organizmdagi biologik jarayonlar butunlay to‘xtashi bilan tavsiflanadi , shuningdek
organizmdagi oqsil parchalanadi. Bu klinik o‘lim vaqti tugagandan keyin ro‘y
beradi.
Tokning inson organizmiga ta’siri bir necha omillarga bog‘liq. Asosiy omillardan biri insonga tok ta’sirining davomiyligi, ya’ni odam tok ta’sirida qancha ko‘p qolib ketsa, u shuncha ko‘p zararlanadi. Ikkinchi omil sifatida odam organizmining shaxsiy xususiyatlari va shuningdek tokning turi va chastotasi katta o‘rin tutadi. Inson organizmining qarshiligi teri qarshiligi va ichki organlar qarshiliklari
yig‘indisi sifatida olinadi.
Teri, asosan quruq va o‘lik hujayralarning qattiq qatlamlaridan tashkil
topganligi sababli katta qarshilikka ega va uumuman inson organizmining
qarshiligini ifodalaydi.
Organizm ichki organlarining qarshiligi uncha katta emas. Odamning
quruq zararlanmagan terisi 2000 dan 20000 Om gacha va undan yuqori
qarshilikka ega bo‘lgani holda, namlangan, zararlangan teri qarshiligi 40-5000
Om 1qarshilikka ega bo‘ladi va bu holat inson ichki a’zolari qarshiligiga teng
hisoblanadi. Umuman texnik hisoblar uchun inson organizmi qarshiligi 1000
Om deb qabul qilingan. Inson organizmi orqali oqib o‘tgan tokning miqdori
uning asoratini belgilaydi. Inson organizmi orqali 50 Gts li eletr tokining 0,6-
1,5 mA 01916 o‘tsa, buni u sezadi va bu miqdordagi
tok sezish chegarasidagi elektr toki deb ataladi. Agar inson organizmidan oqib o‘tgan tokning miqdori 10-15 mA ga etsa,
unda organizmdagi muskullar tartibsiz qisqarib, inson o‘z organizmi qismlarini
boshqarish qobiliyatidan mahrum bo‘ladi, ya’ni elektr toki bo‘lgan simni ushlab
turgan bo‘lsa, panjalarini ocha olmaydi, shuningdek unga ta’sir ko‘rsatayotgan
elektr simini olib tashlay olmaydi. Bunday tok chegara