Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

issiqlik gepatermiyasi
 
deb ataladi. 
Issiqlashning ikkinchi belgisi
terlash natijasida inson organizmining ko‘p 
miqdorda tuz yo‘qotishi natijasida kelib chiqadi. Bu holat teri hujayralarida tuzning 
kamayishi tufayli, terining suvni ushlab qolish qobiliyati susayganligidan kelib 
chiqadi. Ichilayotgan suv tinmay ter bo‘lib chiqib ketganligi sababli, organizm 
kuchli chanqoklik sezadi, ichilgan suvning tezda chiqib ketishi chanqoqni yana 
kuchaytiradi va bu suv bilan zaharlanish holatini vujudga keltirishi mumkin. Bunda 
organizmning paylarida qaltirash paydo buladi, kuchli terlash va qonning 
quyuqlashishi kuzatiladi. Bu holat 
qaltirash kasalligi
deb yuritiladi. Keyin issiq 
urish vujudga keladi, tana qarorati 40—41°S ga ko‘tarilib, odam hushini yo‘qotadi 
va qon tomirlarining urishi kuchsizlashadi. Bu vaqtda organizmdan ter chiqish 
butunlay to‘xtaydi. Qaltirash kasali va issiq urish o‘lim bilan tugashi mumkin. 
Tashqi asab tizimlarining sovuq urishi natijasida suyaklarda radikulit, oyoq-
qo‘l va bel bug‘inlarida hamda paylarda revmatizm kasalligi, shuningdek plevrit, 
bronxit va boshqa shamollash bilan bog‘liq bulgan yuqumli kasalliklar kelib 
chiqishi mumkin. 
Odam organizmiga sovuqning, ayniqsa, havo harakatining ta`siri kuchli bo‘lib, 
havoning nisbiy namligi yuqori bulgan vaqtda bu yaqqol namoyon buladi.
CHunki sovuq haroratdagi nam havo issiqlikni yaxshi o‘tkazadi va havo 
almashish (konvektsiya) orqali issiqlik yo‘qotishni kuchaytiradi. 
 
Havo 
harorati, °S 
Nisbiy 
namligi,% 
Harakat 
tezligi, m/s 
Tashqaridagi havo
harorati, °S 
19-25 
75 
0,2 
15-30 
17-25 
75 
0,2 
15-30 
13-25 
75 
0,4 
15-30 


70 
13-25 
75 
0,5 
15-30 
Harorat, nisbiy namlik va havo harakatining tezligi risoladagi va yo‘l qo‘yilishi 
mumkin bulgan miqdorlar ko‘rinishida belgilanadi. Risoladagi miqdorlar deganda 
odamga uzoq muddat va muntazam ta`sir qilganda tashqi muhitga moslashuv 
reaktsiyalarini kuchaytirmasdan organizmning me`yoriy faoliyatini va issiqliq 
holatini saqlashni ta`minlaydigan mikroiqlim ko‘rsatkichlarining yigindisi 
tushunilib, ular issiqlik sezish mo‘`tadilligini vujudga keltiradi va ish qobiliyatini 
oshirish uchun shart-sharoit hisoblanadi. 
Yo‘l qo‘yilishi mumkin bulgan mikroiqlim sharoitlari organizmning 
faoliyatini 
va 
issiqlik 
xolatdagi 
o‘zgarishlarni, fiziologik moslanish 
imkoniyatlaridan 
chetga 
chiqmaydigan 
tashqi 
muhitga 
moslashish 
reaktsiyalarining kuchayishini bartaraf etadigan va tez me`yorga soladigan 
mikroiqlim ko‘rsatkichlarining yig‘indisidir. Bunda sog‘liq uchun xatarli holatlar 
vujudga kelmaydi, biroq nomo‘`tadil issiqlik sezgilari, kayfiyatning yomonlashuvi 
va ish qobiliyatning pasayishi kuzatilishi mumkin. 6.1, 6.2, 6.3-jadvallarda 
mikroiqlimning risoladagi va yo‘l qo‘yilishi mumkin bulgan me`yorlari keltirilgan. 
Doimiy ishlarda 6.1 jadvalda keltirilgan mikdorlar ta`minlanishi lozim, ular havoni 
mo‘`tadillashtirishda ham majburiydir. Qator hollarda, masalan, issiqlik ko‘p 
ajralib chiqadigan yoki isitiladigan xonalarning hajmi katta bulgan metallurgiya, 
mashinasozlik va boshqa zavodlarda yo‘l qo‘yiladigan me`yorlarga (6.1, 6.2-
jadval) asoslanish mumkin, biroq mehnat va dam olish holatlariga qo‘yiladigan 
gigienik talablarga, organizmning issiqlab ketishi va sovuq qotishini oldini olishga 
qaratilgan barcha vositalaridan foydalanishga ham amal qilish zarur. 
Yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan me`yorlar yilning sovuq va bir mavsumdan 
ikkinchisiga o‘tish davrlarida (tashqi havoning) o‘rtacha kundalik harorati +10 °S 
dan yuqori (yoki muvofiq holda past) doimiy ish joylaridan tashqarida (6.1-jadval) 
birmuncha katta raqamlarda o‘zgarib turishi, yilning issiq paytida esa (6.2-jadval) 
ish joylari havosining oshgan harorati (ayniqsa, Markaziy Osiyo sharoitida va 
issiqlik ajralib chiqishi mumkin bulgan ish joylarida) issiqlikning ancha ortiqcha 
bulishini kuzda tutadi. Bu tashqi muhitning issiq bulishi bilan birga katta 
miqdordagi issiqlikni yo‘qotishning qiyinligi bilan bog‘liq. 
Biroq bu holda ham me`yorlar yo‘l qo‘ysa buladigan maksimumni 
chegaralaydi. Issiqlik ajralishi yuqori bulgan ish joylarida havoning harakat tezligi 
ham birmuncha ortiqcha belgilanadi. 
Xonalarning katta-kichikligi, bir vaqtning o‘zida ham issiqlik, ham namlikning 
ajralishi, doimiy harorat va namlik kabilarni sun’iy usulda tutib turish sharoitlarini 
hisobga oladigan koeffitsientlarni ishlab chiqish lozim buladi. Ish nechog‘liq og‘ir 
bulsa, harorat shunchalik past va havo harakati shuncha yuqori buladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin