69
qiladi. YUqori haroratlarda esa (30 °S va undan yuqori), ayniqsa og‘ir ishlarni
bajarganda organizmning terlashi juda ortib ketadi.
Masalan, issiq paytlarda, og‘ir ishlarni bajarish natijasida terlash miqdori
soatiga 1 - 1,5 litrga etadi va bu miqdor terning bug‘lanishi uchun 2500-3800 kJ
(600-900 kkal) issiqlik sarflanadi.
SHuni aytib o‘tish kerakki, terlash yo‘li bilan issiqlik sarflash faqatgina tana
yuzasida ter bug‘langandagina amalga oshadi. Terning bug‘lanishi esa havoning
harakatiga va nisbiy namligiga, kiygan kiyimining matosiga bog‘liq.
Faqat terlash yo‘li bilan issiqlik yo‘qotilganda havoning nisbiy namligi 75—80
foiz ortiq bulsa, terning bug‘lanishi qiyinlashadi va organizmning tashqi muhitga
moslashuvi buzilishi natijasida issiqlash yuz berishi mumkin. Issiqlashning
birinchi belgisi tana haroratining ko‘tarilishidir. Kuchsiz issiqlash tana haroratining
engil ko‘tarilishi, haddan tashqari ter chiqishi, kuchli chanqoq, nafas olish va qon
tomirlar urishining tezlashishi bilan chegaralanishi mumkin. Agar kuchli issiqlash
yuz bersa, unda nafas olish qiyinlashadi, bosh qattiq og‘riydi va aylanadi, nutqi
qiyinlashadi.
Tashqi muhitga moslashishning bu xildagi buzilishi va tana haroratining keskin
ko‘tarilishi
Dostları ilə paylaş: