66
-ish joyi,
asboblar, mashina va jihozlarni fiziologik
talablarga muvofiq holda
bulishiga erishish;
- mehnat va dam olish rejalarini joriy etish;
-mehnatni jismoniy og‘irligini kamaytirish , fiziologik
jihatdan etarlicha
harakat faolligini ta`minlash;
-mehnatning aqliy va emotsional toliqtirishini kamaytirish.
III. Psixologik yo‘nalish:
- pul’tlar va mashinalar, jihozlar tizimlarini boshqarish uchun boshqa vositalar
ixtiro qilishda ruhiy talablarni hisobga olish (muhandislik ruhiyati);
-kasb tanlashda va kasbiy talablarga muvofiq holda shaxsiy ruhiyatlarni
hisobga olish;
-jamoalarda qulay ruhiy kayfiyat yaratish, ishlovchilarning
mehnat va uning
natijalaridan yuqori manfaatdor bulishlarini ta`minlash buyicha tadbirlar ishlab
chiqish va joriy qilish.
IV. estetik yo‘nalish:
-intererlarni bezatishda, uskunalarni joylashtirishda, ranglar bilan bezatishda va
boshqalarda ishlab chiqarish estetikasi talablariga
rioya qilish;
-texnik estetika talablarini bajarish, mashinalar, asboblar, pul’tlar singari
boshqaruv vositalarini ixtiro qilish.
Qurilishi lozim bulgan ishlab chiqarish korxonalarini loyihalash va qurilish
jarayonida sanitariya-gigiena, yong‘in xavfsizligi buyicha ma`lum maxsus talablar
qo‘yiladi.
Qurilayotgan korxonaning ish
joylaridagi havoning tozaligi, mehnat
fiziologiyasi talablarining bajarilishi, meteorologik sharoitlarga
doir sanitariya
me`yorlari, ish joylarining yoritilishi, ishlab chiqarishda shikastlanishning oldini
olish buyicha choralar qo‘llanilishi ustidan nazorat qilib boradilar. Bu ma`lumotlar
tahlili va ishchilarning salomatligi to‘g‘risidagi ma`lumotlar,
korxonada xavfsiz
mehnatni to‘g‘ri tashkil qilishga ilmiy va amaliy asos yaratadi .
Dostları ilə paylaş: