Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»


Iqlim ko‘rsatkichlari va uning inson salomatligiga ta`siri



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

 
2.Iqlim ko‘rsatkichlari va uning inson salomatligiga ta`siri. 
Ishlab chiqarish muhitida iqlim sharoitini ifodalovchi ko‘rsatkichlar, havoning 
harorati, nisbiy namligi, havo bosimi va havoning harakat tezligidan iborat bo‘lib, 
hammasi birgalikda kishining ish qobiliyatiga, mehnat unumdorligiga va inson 
organizmidagi biologik o‘zgarishlarga katta ta`sir ko‘rsatadi 
Inson tanasidagi doimiy mo‘`tadil harorat, modda almashuv jarayoni tufayli 
markaziy nerv a`zosining faoliyati orqali boshqarib turiladi. 
Inson uchun orombaxsh, mo‘`tadil iqlim sharoiti deganda, yuqorida aytilgan 
havo o‘lchamlarining o‘zaro mutanosibligi tushuniladi. Bu mutanosiblik odam 
tanasida harorat almashuvi reaktsiyasini hech qanday zo‘riqishsiz kechishini 
hamda o‘zida huzur-halovat sezishi va shu bilan birga ishchanlik qobiliyatini 
yuqori bulishligini ta`minlaydi. 
Ma`lumki haroratning 18-25
0
S, nisbiy namlikni 40-70% va bosimning 740-
760mm. sm ustunida bulishi, odam tanasi va uni o‘rab turgan havo o‘rtasidagi 
harorat almashinuvi jarayoniga kuchli ta`sir ko‘rsata olmaydi, chunki bunday 
sharoitda muhitlar o‘rtasidagi issiqlik almashinuvi mufassal va qoldiqsiz ko‘chadi, 
ya`ni tanadan chiqayotgan issiqlik tezligi uning havoga singib ketish tezligiga teng 
holda almashinadi. Agar havoning holatida bunday mutanosiblik buzilsa, shu 
muhitda ishlayotgan odamning salomatligida ham o‘zgarish paydo buladi. 
Muhitning harorati 18-25
0
S bulganda odam tanasidan chiqayotgan issiqlik 
nurlanish yoki harorat almashinuvi qonuni asosida havoga quruq g‘ubor holatiga 
sekin tarqaladi, 30
0
S dan yuqori haroratda esa bug‘lanish sodir buladi, ya`ni 
tanadagi ortiqcha issiqlik mushaklardan sizib chiqayotgan quvvat ta`siridan yo‘l-
yo‘lakay to‘qimalardagi tuz eritmalarini yuvib, teri sirtida ter shaklida paydo 
buladi. 
Muhitning harorati oshgan sari tananing issiqlik uzatish qobiliyati susayib 
boradi, bug‘lanish jarayoni esa to‘xtovsiz ortib boradi, natijada organizm tez 
holsizlana boshlaydi. Agar havodagi nisbiy namlik 80 foizdan ortib ketsa tanadan 
ajralib chiqayotgan terning bug‘lanishi qiyinlashadi va natijada tana bilan muhit 
o‘rtasidagi harorat almashuvi buziladi. 
Agar havo harakati tezligi oshib ketsa tana bilan havo o‘rtasidagi harorat 
tafovuti keskin orta boradi, shu sababdan organizm tez soviy boshlaydi, va natijada 
shamollash bilan bog‘liq xastaliklar kelib chiqadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin