Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

 
Nazorat savollari: 
1 Korxonalarda uchraydigan baxtsiz xodisalar va kasb kasalliklarining sabablari 
xakida tushuncha bering. 
2. Baxtsiz xodisani rasmiylashtirish maxsus dalolatnomasi kaysi xolatda 
tuldiriladi? 
3. Baxtsiz xodisa kursatkichlarini tushuntiring. 
4. Baxtsiz xodisalarning xisobotlarini tushuntiring. 


62 
8-mavzu: Ishlab chiqarishning sanitariyasi va gigiyenasi meyorlari, 
mazmuni. 
Reja: 
1.
 
Texnosferada havo muhitining ko‘rsatkichlari, ularning mehnat faoliyatiga 
ta’siri.
2.
 
Ishlab chiqarish mikroiqlimining gigiyenik meyorlari, ularning inson 
organizmiga ta’siri.
3.
 
Ishlab chiqarishda mo‘tadil ob-havo sharoitini yaratish. 
 
Tayanch iboralar 
Sanitariya, gigiena, meteorologik sharoit, ergonomika, baxtsiz hodisalar, 
jarohatlanishlar, kasbiy kasalliklar, avariyalar, iqlim, portlashlar, texnik estetika.
 
 
1. Mehnat gigienasi va ishlab chiqarish sanitariyasi. 
Ishlab chiqarishdagi ish jarayonlari va atrof muhitning ishchilar organizmiga 
ta`sirini o‘rganadigan fan mehnat gigienasi deyiladi. 
Mehnat gigienasi va ishlab chiqarish sanitariyasi tibbiy profilaktika sohasi 
bo‘lib, ish qobiliyatini yuksak darajada ta`minlash, kasb kasalliklari va odamning 
mehnat faoliyati bilan bog‘liq boshqa salbiy oqibatlarning oldini olishning ilmiy 
asoslarini va amaliy chora-tadbirlarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. 
To‘g‘ri tashkil etilgan mehnat, kishining jismoniy intellektual va ma`naviy 
kamol topishiga olib keladi.
Jamiyatda u nafaqat moddiy farovonlik, balki odamning tetiklik manbai 
hamdir. Biroq mehnatning ijobiy ta`siri bilan birga ba`zi hollarda salbiy oqibatlari 
ham bulishi ilgaridan kuzatilgan. 
Bu mehnat faoliyati natijalarini kamaytiribgina qolmay, balki kasb 
kasalliklarni ham vujudga keltirilishi mumkin.
Jamiyatning taraqqiy qilishi bilan bir qatorda, ishlab chiqarish va boshqa 
sohalarda ko‘plab kasblar yuzaga keldi. 
Ishlab chiqarish korxonalarida zararli muhit, u yerda ishlayotgan ishchini ish 
qobiliyatiga yoki sog‘liqqa salbiy ta`sir qila oladigan, hollar ishlab chiqarishda 
kasbga doir zararlar borligidan dalolat beradi. 
Mehnat gigienasi va ishlab chiqarish sanitariyasining asosiy vazifasi, ish 
unumdorligini eng yuqori darajada oshirish va ishlovchilarning sog‘ligiga zararli 
ta`sir qilmaydigan sharoitlarni ta`minlaydigan tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat. 
Bunda mehnat gigienasi va ishlab chiqarish sanitariyasi, yurak-tomir, onkologik va 
asab kasalliklarning oldini olishga muhim ahamiyat kasb etadi. 
Fan va texnika taraqqiyoti mehnat gigienasi va ishlab chiqarish sanitariyasi 
oldiga yangidan-yangi vazifalar qo‘ymoqda. 
Ishlab chiqarish korxonalariga mavjud bulgan tebranma harakat, ishlab 
chiqarish shovqinlari, elektr va magnit maydonlari, ionlovchi radiatsiya, lazer 
nurlanishi va yangi kimyoviy moddalarning inson organizmiga xavfli va zararli 
ta`sirini qunt bilan ilmiy asoslab o‘rganish zaruriyati tug‘ildi. 


63 
YAngi texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilishdan oldin, ularni inson 
sog‘ligiga xavfli va zararli belgilarini chuqur o‘rganib, uni aniqlash o‘ta muhim 
ahamiyatga ega hisoblanadi.Birorta ham yangi birikma, sog‘liqni saqlash 
vazirligining ruxsatsiz xalq xo‘jaligiga qo‘llanishga tavsiya etilmaydi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin