62
8-mavzu: Ishlab chiqarishning sanitariyasi va gigiyenasi meyorlari,
mazmuni.
Reja:
1.
Texnosferada havo muhitining ko‘rsatkichlari,
ularning mehnat faoliyatiga
ta’siri.
2.
Ishlab chiqarish mikroiqlimining gigiyenik meyorlari, ularning inson
organizmiga ta’siri.
3.
Ishlab chiqarishda mo‘tadil ob-havo sharoitini yaratish.
Tayanch iboralar
Sanitariya, gigiena,
meteorologik sharoit, ergonomika, baxtsiz hodisalar,
jarohatlanishlar, kasbiy kasalliklar, avariyalar, iqlim, portlashlar, texnik estetika.
1. Mehnat gigienasi va ishlab chiqarish sanitariyasi.
Ishlab chiqarishdagi ish jarayonlari va atrof muhitning ishchilar organizmiga
ta`sirini o‘rganadigan fan mehnat gigienasi deyiladi.
Mehnat gigienasi va ishlab chiqarish sanitariyasi
tibbiy profilaktika sohasi
bo‘lib, ish qobiliyatini yuksak darajada ta`minlash, kasb kasalliklari va odamning
mehnat faoliyati bilan bog‘liq boshqa salbiy oqibatlarning oldini olishning ilmiy
asoslarini va amaliy chora-tadbirlarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.
To‘g‘ri tashkil etilgan mehnat, kishining jismoniy intellektual va ma`naviy
kamol topishiga olib keladi.
Jamiyatda
u nafaqat moddiy farovonlik, balki odamning tetiklik manbai
hamdir. Biroq mehnatning ijobiy ta`siri bilan birga ba`zi hollarda salbiy oqibatlari
ham bulishi ilgaridan kuzatilgan.
Bu mehnat faoliyati natijalarini kamaytiribgina qolmay, balki kasb
kasalliklarni ham vujudga keltirilishi mumkin.
Jamiyatning taraqqiy
qilishi bilan bir qatorda, ishlab chiqarish va boshqa
sohalarda ko‘plab kasblar yuzaga keldi.
Ishlab chiqarish korxonalarida zararli muhit, u yerda ishlayotgan ishchini ish
qobiliyatiga yoki sog‘liqqa salbiy ta`sir
qila oladigan, hollar ishlab chiqarishda
kasbga doir zararlar borligidan dalolat beradi.
Mehnat gigienasi va ishlab chiqarish sanitariyasining asosiy vazifasi, ish
unumdorligini eng yuqori darajada oshirish va ishlovchilarning sog‘ligiga zararli
ta`sir qilmaydigan sharoitlarni ta`minlaydigan tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat.
Bunda mehnat gigienasi va ishlab chiqarish sanitariyasi, yurak-tomir, onkologik va
asab kasalliklarning oldini olishga muhim ahamiyat kasb etadi.
Fan va texnika taraqqiyoti mehnat gigienasi va ishlab
chiqarish sanitariyasi
oldiga yangidan-yangi vazifalar qo‘ymoqda.
Ishlab chiqarish korxonalariga mavjud bulgan tebranma harakat, ishlab
chiqarish shovqinlari,
elektr va magnit maydonlari, ionlovchi radiatsiya, lazer
nurlanishi va yangi kimyoviy moddalarning inson organizmiga xavfli va zararli
ta`sirini qunt bilan ilmiy asoslab o‘rganish zaruriyati tug‘ildi.
63
YAngi texnologiyalarni ishlab chiqarishga
joriy qilishdan oldin, ularni inson
sog‘ligiga xavfli va zararli belgilarini chuqur o‘rganib, uni aniqlash o‘ta muhim
ahamiyatga ega hisoblanadi.Birorta ham yangi birikma, sog‘liqni
saqlash
vazirligining ruxsatsiz xalq xo‘jaligiga qo‘llanishga tavsiya etilmaydi.
Dostları ilə paylaş: