2.Iqlim ko‘rsatkichlari va uning inson salomatligiga ta`siri. Ishlab chiqarish muhitida iqlim sharoitini ifodalovchi ko‘rsatkichlar, havoning
harorati, nisbiy namligi, havo bosimi va havoning harakat tezligidan iborat bo‘lib,
hammasi birgalikda kishining ish qobiliyatiga, mehnat unumdorligiga va inson
organizmidagi biologik o‘zgarishlarga katta ta`sir ko‘rsatadi
Inson tanasidagi doimiy mo‘`tadil harorat, modda almashuv jarayoni tufayli
markaziy nerv a`zosining faoliyati orqali boshqarib turiladi.
Inson uchun orombaxsh, mo‘`tadil iqlim sharoiti deganda, yuqorida aytilgan
havo o‘lchamlarining o‘zaro mutanosibligi tushuniladi. Bu mutanosiblik odam
tanasida harorat almashuvi reaktsiyasini hech qanday zo‘riqishsiz kechishini
hamda o‘zida huzur-halovat sezishi va shu bilan birga ishchanlik qobiliyatini
yuqori bulishligini ta`minlaydi.
Ma`lumki haroratning 18-25
0
S, nisbiy namlikni 40-70% va bosimning 740-
760mm. sm ustunida bulishi, odam tanasi va uni o‘rab turgan havo o‘rtasidagi
harorat almashinuvi jarayoniga kuchli ta`sir ko‘rsata olmaydi, chunki bunday
sharoitda muhitlar o‘rtasidagi issiqlik almashinuvi mufassal va qoldiqsiz ko‘chadi,
ya`ni tanadan chiqayotgan issiqlik tezligi uning havoga singib ketish tezligiga teng
holda almashinadi. Agar havoning holatida bunday mutanosiblik buzilsa, shu
muhitda ishlayotgan odamning salomatligida ham o‘zgarish paydo buladi.
Muhitning harorati 18-25
0
S bulganda odam tanasidan chiqayotgan issiqlik
nurlanish yoki harorat almashinuvi qonuni asosida havoga quruq g‘ubor holatiga
sekin tarqaladi, 30
0
S dan yuqori haroratda esa bug‘lanish sodir buladi, ya`ni
tanadagi ortiqcha issiqlik mushaklardan sizib chiqayotgan quvvat ta`siridan yo‘l-
yo‘lakay to‘qimalardagi tuz eritmalarini yuvib, teri sirtida ter shaklida paydo
buladi.
Muhitning harorati oshgan sari tananing issiqlik uzatish qobiliyati susayib
boradi, bug‘lanish jarayoni esa to‘xtovsiz ortib boradi, natijada organizm tez
holsizlana boshlaydi. Agar havodagi nisbiy namlik 80 foizdan ortib ketsa tanadan
ajralib chiqayotgan terning bug‘lanishi qiyinlashadi va natijada tana bilan muhit
o‘rtasidagi harorat almashuvi buziladi.
Agar havo harakati tezligi oshib ketsa tana bilan havo o‘rtasidagi harorat
tafovuti keskin orta boradi, shu sababdan organizm tez soviy boshlaydi, va natijada
shamollash bilan bog‘liq xastaliklar kelib chiqadi.