Zaharli gazlar va ularning ta`sir turlari Ishlab chiqarish zaharlanishi deb, insonga mehnat sharoitida ta`sir etadigan, ish
qobiliyati va sog‘lig‘ini susaytiradigan kasbiy yoki ishlab chiqarishda ro‘y
beradigan zaharlanishlarni vujudga keltiradigan omillarga aytiladi. Ishlab chiqarish
zaharlarining inson organizmiga ta`sir qilish belgilarini, ularning zararli va
xavfliligi darajasini, asosan toksikologiya fani o‘rganadi hamda zaharli gazlardan
xavfsiz foydalanish maqsadida gigienik me`yorlar, tavsiyalar ishlab chiqadi.
Zaharlar umumiy va mahalliy ta`sir qilishi mumkin. a) Umumiy ta`sir
zaharning qonga so‘rilishi natijasida rivojlanadi. Masalan, marganetsdan
zaharlanishda asab tizimi, benzol ta`sirida esa, qon ajratish organlari zarar ko‘radi.
b) Mahalliy ta`sir ko‘rsatishda, inson organizmidagi to‘qimalarning shikastlanishi:
ta`sirlanish, yallig‘lanish hodisalari, ishqorli va kislotali eritmalar va bug‘lar bilan
ishlaganda teri hamda shilliq pardalar kuyadi.
Ishlab chiqarishda zaharlanishlar o‘tkir, o‘rtacha va surunkali bo‘lib,
quyidagicha xarakterlanadi:
1. Zahar qisqa muddatda – bir smenada ta`sir qiladi;
2. Organizmda zahar katta miqdorda tushishi, kimyoviy moddani bilmay
ichib qo‘yishi yoki teri qattiq zaharlanishi natijasida sodir bo‘ladi.
3. Surunkali zaharlanish - inson organizmiga oz miqdordagi zaharlarning,
uzoq vaqt asta-sekin yig‘ilishi natijasida yuzaga keladi. Masalan, benzoldan o‘tkir
zaharlanishda asosan asab tizimi zarar ko‘radi va narkotik ta`sir ko‘rsatiladi,
surinkali zaharlanishda esa qon tizimi zaharlanadi.
Ishlab chiqarish zararlari boshqa salbiy oqibatlarga ham sababchi bo‘ladi.
Ular organizmning biologik qarshiligini pasaytiradi, yuqori nafas yo‘llari qatori,
sil, yurak-tomir tizim kasalliklari, rivojlanishiga imkon yaratib, bronxial asma,
ekzema va boshqa kasalliklarga duchor qiladi.