Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»


 Zaharli moddalar ajralishini bartaraf etish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

 
5. Zaharli moddalar ajralishini bartaraf etish. 
Ishlab chiqarish korxonalarida ishchi – xizmachilarning mehnat sharoitini 
yaxshilanishi ko‘pgina tsexlar havosida zararli moddalar miqdorining pasayishiga,
zararlanishlarning og‘ir ko‘rinishlari kamdan-kam uchraydigan hollarga olib 
kelmoqda. Kasbiy zaharlanishlarni bartaraf etishda: 
-texnologik jarayonlarda zaharli moddalar ajralishini bartaraf etish. 
-zaharli moddalarni havoga ajralishini kamaytiradigan yangi texno-logiya va 
avtomatlashtirishni joriy etish mumkin. 
Zamonaviy 
texnika 
taraqqiyotining 
yutuqlaridan 
omilkorlik 
bilan 
foydalanish, ko‘pgina texnologik jarayonlarning borishi ustidan nazorat qilish
avtomatik usullar bilan olib borish imkonini beradi. Sanitariya-gigienik tadbirlarga: 
-gigienik standartlash,
-havo holatini nazorat qilib turish, 
-gigienik talablarga qat`iy amal qilish, 
-shaxsiy himoya vositalarini qo‘llash, 
-sanitariya qoidalari bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berib turishlar kiradi. 
Standart bo‘yicha xavflilikning 1 sinf moddalarini nazorat qilishda, zaharli 
moddalarning miqdorlarini faqat o‘lchash va aniqlash bilan kifoyalanmasdan, balki 
YQM oshgan taqdirda zarur chora – tadbirlar ko‘rish uchun tovush va yorug‘lik 
signallarini ishga soladigan Avtomat yozish asboblari bilan ta`minlanishi 
maqsadga muvofiq hisoblanadi. 


75 
Zaharlanishni bartaraf etish sanitariya texnikasini keng tarqalgan turi, 
shamollatish usuli katta ahamiyatga ega. 
Unga qo‘yiladigan asosiy gigienik talab-zaharli moddalar mavjud 
hududlarda, havo muhitiga tarqalgan taqdirda, sof havo berish yo‘li bilan 
miqdorini pasaytirib, kuchsizlantirishdan iborat. 
Zaharli moddalar bilan ishlaydigan shaxslar xususida mehnat qonunida ish 
kunini chegaralash, ta`tilning davomiyligini ko‘paytirish, nafaqaga birmuncha erta 
muddatda chiqarish kabi chora-tadbirlar ko‘zda tutiladi. Inson organizmiga 
zararlanishning xavfli ta`siri yuqori bo‘lgan korxonalarda ayollar va o‘smirlarning 
ishlashi qatiyan man etilgan. Ish mintaqasidagi zaharli moddalarning YQM davlat 
tomonidan belgilanadi va davlat nazorati olib boriladi. 
Zaharlarning ta`sir qilish ehtimoli bo‘lgan bir qator korxonalarda, ishchilarni 
qo‘shimcha tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va maxsus korxona hisobidan ovqatlantirish 
ko‘zda tutilishi shart. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin