Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

 
Nazorat savollari. 
1. Ishlab chiqarish changi va uning insonga ta`siri. 
2. Zaharli gazlar va ularning ta`sir turlari. 
3. Ishlab chiqarishda zaharlanishning inson organizmiga ta`siri. 
4. Zaharli moddalarga yo‘l qo‘yilgan miqdorlar me`yori. 
5. Zaharli moddalar ajralishini bartaraf etish. 
10-mavzu: Ishlab chiqarish korxonalarini shamollatish va yoritish tizimi. 
 
Reja: 
1. SHamollatishning ko‘rinishlari va uning qurilmasi. 
2. Yorug‘likning asosiy tavsiflari va o‘lchov birliklari. 
3. Yoritilganlik va ularning asosiy turlari
 
Tayanch so‘zlar: 
shamollatish, shamollatish vositalari, tsiklon, havoni 
koditsionerlash, tabiiy shamollatish, su’iy shamollatish, isitish, yorug‘lik, 
yoritilganlik, tabiiy yoritish, sun’iy yoritish, qaytarish koeffitsienti, 
pulьsatsiya koeffitsienti, lampa, respirator, gazniqob. 
1. SHamollatishning ko‘rinishlari va uning qurilmasi. 
Ishlab chiqarishda shamollatish - bu davlat standarti talabiga mos holda, 
xonalardan ortiqcha issiqlikni, namlikni, changlarni, zararli gazlar va bug‘larni 
chiqarish va mikroiqlimni yaratish uchun zarur qurilmalar sistemasidir. 


76 
10.1.-rasm. Havoni kiritish va chiqarish mexanik shamollatkichlari. 1-havo 
qabul kilgich; 2-havo uzatkichlar; 3-filьtr; 4-kalorifer; 5-markazdan qochma 
shamollatkich; 6-havoni xonaga kiritish teshiklari; 7-havoni xonadan chiqarish 
teshiklari; 8-rostlash klapani; 9-havoni chiqarish qurilmasi; 10-havo aylanishini 
ta’minlovchi uzatish qurilmasi; 11-xona. 
Xonalardagi havo almashinuvini ichki va tashqi havo harorati va bosimni 
farqi hisobiga tabiiy yo‘l bilan darchalardan va shu maqsaddagi quvurlar orqali 
amalga oshiriladi. Bunday shamollatish tabiiy shamollatish yoki aeratsiya 
deyiladi. SHamollatkichlar xonaga havoni uzatishi va xonadan havoni 
chiqarishi yoki bir vaqtda buning har ikkalasini amalga oshirishi mumkin 
(1.-rasm). 
SHamollatkichlar ishlatish joyiga qarab umumiy va mahalliy 
shamollatkichlarga bulinadi. 
Umumlashtiruvchi shamollatkich butun xonadagi havoni almashtirsa, 
mahalliy shamollatkich esa maьlum bir joylardagi havoni almashtiradi (2.-rasm). 
SHamollatkichning samaradorligi shamollatish qurilmasining quvvatiga va 
havo almashtirishni tashkil etishning ma’lum qoidalariga rioya qilishga bog‘liq
buladi. 
Xonadan chiqarilayotgan havoni bevosita zararliliklar ajralayotgan 
joydan yoki ifloslangan zonadan olish kerak. Bunda xonadan chiqarilayotgan 
iflos havo oqimini odamlar nafas oladigan zona orqali yoki odamlar tez-tez 
10.2.-rasm. So‘rish qurilmasi. CHapdagi -to‘g‘ri; o‘ngdagi -
noto‘g‘ri. 


77 
buladigan zonadan o‘tishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Xonadan tashqariga 
chiqariladigan iflos havoni shamol oqimi yaxshi bulgan tomonga chiqarish lozim. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin