80
Tabiiy yorug‘lik issiqlik va yorug‘lik doimiylariga ega bo‘lib, ular
quyoshdan kelayotgan issiqlik uchun 1317 Vt/m
2
ga, yorug‘lik uchun esa
137000 lk.ga tengdir.
Tabiiy yorug‘likning
afzalliklari shundaki, uning tarkibida o‘ta foydali
ulьtrabinafsha va infraqizil nurlari mavjud bo‘lib, bu nurlar muhitni
sog‘lomlashtirishga
xizmat qiladi, ya’ni mikroblarni o‘ldirish xususiyatiga ega.
Tabiiy yorug‘likdan uch xil moslamalar yordamida, ya’ni tomdan fonar
orqali, devordan deraza orqali va aralash holdagi tizimlardan foydalaniladi.
Tabiiy yoritilgan tizimlariga qo‘yiladigan talablar quyidagilardan iborat:
-Yorug‘lik miqdorini binolarning vazifasiga qarab tanlanishi, yo‘naltirilgan yoki
tarqoq hollarda bulishligini ta’minlanishi;
-Insolyatsiya va yorug‘lik me’yorlaridan kam bo‘lmasligini ta’minlanishi.
b) Sun’iy yorug‘lik tabiiysiga nisbatan
bir oz qimmatga tushsada, ish joylarini
yoritishda imkoniyati cheksizdir. Sun’iy yorug‘lik umumiy, mahalliy va aralash
ko‘rinishda bo‘ladi.
-Umumiy yorug‘lik binoda bir tekis yoritilganlikni ta’minlay oladi.
-Mahalliy yorug‘lik esa faqat asosiy ish joyidagi yoritilganlikni me’yor talabi
darajasida ta’minlaydi.
-Aralash yorug‘lik,
mahalliy yoritilganlikni, umumiy yoritilganligi bilan
birgalikda qo‘llanilganligidir.
Bu xildagi ya’ni aralash yoritilganlik usuli, binolardagi
yarqiroqlik tafovuti-
kontrastni yumshatadi hamda me’yor talabini to‘la qondira oladi.
v) Yoritilganlikni vazifasiga qarab ishchi va nazorat turlaridan tashqari yana
favqulodda zarur holatlarda xizmat qiladigan ikki turi ham mavjud. Ularni
avariya va evakuatsiya yoritilganliklari deyiladi hamda miqdorlari 0,5 -2,0 lyuks
bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: