Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

Elektr jarohatlanishi
- insonni tanasini ayrim joylarini shikastlanishi, elektr 
kuyishi, elektr belgilari va terini metallanishini ko‘rinishlariga ega. 
Inson tanasidan tok o‘tishi natijasida tanani qizishi - elektr kuyish deb
ataladi. Tanani ichki va tashqi qismi kuyishi mumkin. Jarohat olish sharoitlariga
ko‘ra kontakt, yoyi va aralash kuyishlarga ajratiladi. 
13.1- rasm. Inson tanasidan tok o‘tishi natijasida tanani 3 darajali elektr kuyishi.
 
Teri yuzasidagi kul yoki oq - sariq rangli dog‘lar elektr belgilar deb ataladi. 
Shu dog‘lar tanani elektr o‘tkazgich qismlar bilan tutashgan joylarda hosil bo‘ladi. 
Ular ko‘pincha og‘riqsiz bo‘ladi, vaqt o‘tishi bilan o‘tib ketadi. 
13.2-rasm. Yashin shakldagi elektr belgili ko‘rinishi 


97 
Tok ta’sirida metallarni zarrachalari bo‘g‘lanib, teri yuzasini qoplab oladi. 
Lat yegan qismini yuzasi g‘adir - budir bo‘lib qoladi. Shu holat 
elektr metallanish
deb ataladi. Bu holat inson tanasi uchun xatarli emas, lekin ko‘zni metallanishi 
xavfli bo‘ladi. 
13.3-rasm.
Tok ta’sirida ter yuzasini elektr metallanishi. 
Yuqorida aytilgandan tashqari 
mehanik shikastlanishlar va elektroftalmiya
ham elektr jarohatlanishiga kiradi. Tok o‘tishi vaqtida mushaklarni keskin
qisqarishi natijasida terini, qon tomirlarini va nervlarini yorilishiga, suyaklarni 
sinishiga va tobiqlarni chiqishiga sabab bo‘ladi. Yoydan chiqayotgan ultra-
binafsha nurlari natijasida ko‘zni shamollashini 
еlektroftalmiya
deb aytiladi. 
Elektr tokni ta’siri natijasida tirik to‘qimalarni to‘lqinlatib mushaklarni
keskin qisqartirishiga olib keladigan holat 
elektr zarb
deb ataladi. Odamni tok 
urish xolati to‘rt darajada baholanadi: 
I – darajada odam hushidan ketmagan holda yiqilib tushish, mushaklarni 
qisqartirishiga olib keladi; 
II – darajada odamning nafas olishi va yurak faoliyatiga ta’sir etilmagan 
holda hushdan ketish; 
III – darajada nafas va yurak faoliyatiga ta’sir etilgan holda hushdan ketish;
IV – darajada elektr shok, qon aylanishi va nafas olish to‘xtab, klinik o‘lim 
yuz beradi. 
Klinik o‘lim
-bu odamni tirik va o‘lim orasidagi holat, shu holatida yurakni
faoliyati va nafas olishi to‘xtaydi, insonda hech qanday hayot alomatlari 
sezilmaydi. Klinik holati 6-8 minut davom etadi. Shu davrida hech qanday yordam
bermagan taqdirda miyani hujayralari parchalanib qaytarilmas biologik o‘limiga 
o‘tib ketadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin