94
odamlarning zararlangan o‘choqdan yaqin-uzoqligi, shamolning kuchi hamda
YO‘nalishini va boshqa ko‘rsatkichlar aniqlanadi.Zahartangan fuqarolarga
birinchi
yordam berilib, tibbiy yordam ko‘rsatish shoxobchalariga yotqiziladi.
Zararlangan oziq-ovqatlar, suv tekshirilib, degazatsiya qilinadi yoki yo‘q qilib
yuboriladi.
Zararlangan hududda chekish, ichish, himoya vositalarisiz yurish
taqiqlanadi. Zararlangan hududdan chiqqanda, ochiq qolgan terilar,
shaxsiy
himoya vositalari,
kiyim-kechaklar SHXP-8 bilan zararsizlantiriladi, so‘ngra o‘zlari to‘liq sanitar
ishlovdan o‘tkazilib, kiyim-kechaklar almashtiriladi.
Radioaktiv nurlarni o‘lchash asboblari
Nurlanishlar bilan ish olib borayotganda inson organizmiga ta`sir
ko‘rsatayotgan nurlanish dozasini va ish joylaridagi
nurlanish miqdorini bilib
turish katta ahamiyatga ega. SHuning uchun ham o‘lchov asboblariga katta
ahamiyat beriladi.
O‘lchash asboblarining ishlash tizimi ionlanish, stsintalyatsiya va
fotografiya usullariga asoslangan. Ba`zi bir gazlar radioaktiv nurlar ta`sirida
elektr o‘tkazuvchan bo‘lib qolish qobiliyatiga ega.
Ionizatsiya usuli shunga
asoslangan.
Stsintilyatsiya usuli esa gaz, kristall va eritmalarning ionlashtirilgan
nurlanishlarni yutishi natijasida ko‘rinadigan nurlar tarqatish xossasiga
asoslangan. Fotografiya usuli ionlovchi nurlanishlar fotoemul’siyaga ta`sir
ko‘rsatishiga qarab belgilanadi.
O‘lchash asboblari radioaktivlikni yoki zararlanish dozasini o‘lchaydigan
turlarga bulinadi. Radiometrik asboblar radioaktiv moddalar qancha zarrachalar
va kvantlar ajratayotganini o‘lchaydi.
Dozimetrik asboblar esa ionlashtirilgan nurlanishlar
qancha energiyani
uzatayotgani yoki ob`ektga tushayotganini o‘lchaydi.
Radiometrik va dozimetrik asboblar umuman sanoat korxonalari holatini
o‘lchash uchun hamda shaxsiy nazorat vositasi sifatida ishlatilishi mumkin.
SHaxsiy nazorat har bir ishchi uchun ishlatgan davridagi ma`lum vaqtlarda
(masalan, kun yoki hafta davomida) nurlanishlar darajasini aniqlash
imkoniyatini beradi. Dozimetrlar ishchi tanasining eng ko‘p nurlanish olishi
mumkin bulgan qismiga o‘rnatiladi.
Dostları ilə paylaş: