Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»


 Radioaktiv nurlarni normalash



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

 
3. Radioaktiv nurlarni normalash 
Radioaktiv izotoplar bilan ish bajariladigan sanoat korxonalarida, bu 
korxonalarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shu izotoplar bilan ishlayotganlardan tashqari, 
qo‘shni xonalarda boshqa ishlar bilan shug‘ullanayotganlar, shuningdek sanoat 
korxonasi joylashgan zonada yashovchilar ham birmuncha radioaktiv 
nurlanishlar ta`siriga tushib qolishlarini hisobga olish kerak. Ishchilarni va 
boshqa ishlar bilan radioaktiv zonalarda shug‘ullanayotgan va yashayotgan 
shaxslarning xavfsizligini taminlashning asosiy vositalari: xavfsiz oraliq 
masofalari bilan taminlash, nurlanish vaqtini kamaytirish, umumiy muhofaza 
vositalari va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanishdir. Bunda radioaktiv 
nurlanishlar miqdorini o‘lchash asboblaridan foydalanib nurlanish dozasini 
bilish muhim ahamiyatga ega. 
Ionlashtirilgan nurlanishlardan ishchilarni saqlash qoida va normalari hamda 
qo‘llaniladigan himoya vositalari juda xilma-xildir.
Asosiy 
normalovchi 
hujjat 
sifatida 
quyidagilardan 
foydalaniladi: 
«Radioaktiv xavfsizlik normalari (NRB-76)». «Radioaktiv moddalar va boshqa 
ionlashgan nurlanish manbalari bilan ishlovchilar uchun asosiy sanitariya 
qoidalari» (OSP-72); GOST 12.2.018-76 «SSBT. Rentgen qurilmalari. 
Xavfsizlikning umumiy talablari»; GOST 17.4.001-75 «SSBT. Ishchilarni 
muhofaza qilish vositalari sinflari». Joriy qilingan normalar buyicha 
nurlanishning yo‘l qo‘yiladigan dozasi (YQB), shuningdek ishlovchi uchun bir 
yillik nurlanish darajasi 50 yil davomida organizmda yig‘ilgan taqdirda uning 
sog‘ligiga va avlodlari sog‘ligiga zarar etmaydigan miqdorlari belgilangan. 
Radioaktiv nurlanishlar kishi organizmining hammasiga birdan ta`sir 
ko‘rsatmasdan, ba`zi bir a`zo va hujayralarini ko‘proq zararlanishi aniqlangan. 
SHuning uchun ham nurlanishning umumiy dozasi emas, balki organizmning 
kaysi qismida radioaktiv nurlanuvchi moddalar yig‘ilganligi hisobga olinadi. 
Chunki bu yig‘ilgan qismlardagi radioaktiv moddalar butun organizm faloqatini 
taminlashi mumkin. 
Radioaktiv moddalar bilan ishlaganda, radioaktiv modda zarralari ish 
joylarini, odamning qo‘llari va boshqa ochiq tana qismlariga o‘tirib qolishi, havo 
muhitiga o‘tib qolishi va u erda radioaktiv nurlanish manbalari hosil qilishi 
mumkin. SHuningdek bu radioaktiv changsimon moddalar nafas yo‘llari yoki 
teri orqali organizm ichki a`zolariga kirib qolishi mumkin.
Terining nurlanish dozasini katta aniqlik bilan hisoblash imkoniyatlari bor. 
Buning uchun ish bajarilayotgan zonaning zararlanish darajasi aniqlanadi. 


91 
Bunda ishlatilayotgan moddaning aktivligi va zararlangan yuzaning kattaligi 
hisobga olinadi. 
Ichdan nurlanish dozasini hisoblash ancha qiyin, chunki, u bir qancha 
omillarga bog‘liq. Terini muhofazalash uskunalari va xonalar ishchi 
yuzalarining yo‘l qo‘yiladigan zararlanish darajasi aniqlanmaydi. Bular 
radioaktiv moddalar bilan ishlashda orttirilgan tajribalarga asoslangan sanitariya 
qoidalarida belgilanadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin