Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

 
 
5. Jamoa va shaxsiy himoya vositalari

O‘zbekiston Davlatining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 
qonunning 13-moddasiga asosan korxona ma`muriyati ishchi va xizmatchilarni 
bepul shaxsiy himoya vositalari, bilan ta`minlashi, saqlash, yuvish, quritish, 
dezinfektsiyalash, dezaktivatsiyalash va ta`mirlash ishlarini bajarishi kerak. Shu 
bilan birga korxona ishchilarini maxsus korjoma, poyabzal, sut yoki unga 
tenglashadigan boshqa oziq - ovqat mahsulotlari, berilishi shartdir. 
Barcha himoya vositalari ishlatilishiga qarab, jamoa himoya vositalari va 
shaxsiy himoya vositalariga bo‘linadi. 
a) Agar ishning xavfsizligini jihoz va uskunalarning konstruktsiyasi
ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish, arxitektura-rejalashtirish echimlari va 
jamoa himoya vositalarini qo‘llash bilan ta`minlash iloji bulmagan taqdirda
shaxsiy himoya vositalari qo‘llaniladi. 
b) Shaxsiy himoya vositalari vazifalariga qarab quyidagilarga bo‘linadi:
-ixotalovchi kostyumlar (pnevmoqostyumlar, namdan ixotalovchi
kostyumlar, skafandrlar); 


87 
-nafas a`zolarini himoya qilish vositalari (gazniqoblar, resperatorlar, havo 
shlemlar, havo maskalar); 
-korjomalar (kombinzonlar, yarim kombinzonlar, kurtkalar, shimlar, 
kostyumlar, xalatlar, plashlar, po‘stinlar). 
-maxsus poyafzal (etiklar, qunji kalta etiklar, botinkalar, qo‘njli botinkalar, 
tuflilar, kalishlar, botilar); 
-qo‘llarni himoya qilish vositalari (qo‘lqoplar); 
-boshni himoya qilish vositalari (kaskalar, shlemlar, shapkalar, beretkalar, 
shlyapalar); 
-yuzni himoya qilish vositalari (himoya niqoblari); 
-ko‘zni himoya qilish vositalari (himoya ko‘zoynaklari); 
-eshitish a`zolarini himoya qilish; 
-ehtiyot moslamalari (ehtiyot kamarlari, dielektrik gilamchalar, qo‘l 
changaklari, manipulyatorlar, tizzani, tirsakni va elkani ehtiyot qilish moslamalari); 
-himoyalovchi dermotologik vositalar (yuviladigan pastalar, kremlar, 
moylar). 
Himoya 
vositalari 
texnik estetika
ergonomika 
talablariga 
javob 
berishi,himoya samaradorligi yuqori bulishi, ishlatishda qulay bulishi, 
bajarilayotgan ish turiga mos bo‘lishi kerak. Shu ish uchun mo‘ljallangan va qabul 
qilingan tartibda tasdiqlangan texnik hujjatlari bo‘lmagan, shaxsiy himoya 
vositalarini qo‘llash taqiqlanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin