Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»


 Radioaktiv nurlarning organizmiga ta`siri



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

2. Radioaktiv nurlarning organizmiga ta`siri 
Radioaktiv moddalar ma`lum xususiy xossalarga ega bo‘lib, inson 
organizmiga ta`sir qilishi natijasida xavfli vaziyat vujudga kelishi mumkin.
Radioaktiv moddalarning eng xavfli tomoni shundaki, uning ta`siri inson 
organizmidagi sezish organlari orqali sezilmaydi. YA`ni inson radioaktiv nurlar 
ta`sirida uzoq vaqt ishlashiga qaramasdan ularning zararli ta`sirlarini mutlaqo 
sezmasligi mumkin. Buning natijasi esa ayanchli tugaydi. SHuning uchun ham 
radioaktiv moddalar bilan ishlaganda, ayniqsa, o‘ta ehtiyotkor bo‘lishi kerak. 
Inson organizmining radioaktiv nurlanishi ichki va tashqi bo‘lishi mumkin. 
Tashqi tomondan nurlanish ma`lum tashqi nurlanuvchi manba ta`sirida 
kechganligi sababli, tarqalayotgan nurlarning kirib borish kuchi katta 
ahamiyatga ega. Kirib borish kuchi yuqori bulgan nurlarning organizmga zarari 
ham kuchliroq buladi. 
Ichki nurlanish nur tarqatuvchi moddalar inson organizmining ichki 
tizimlariga, masalan, emirilgan teri qatlamlari orqali qonga, nafas olish a`zolari, 
o‘pkaga va shilimshiq moddalarga, ovqat hazm qilish a`zolariga tushib qolgan 
taqdirda ro‘y beradi.
Bunda nurlanish nur tarqatuvchi moda qancha vaqt nurlansa yoki qancha 
vaqt davomida organizmga saklansa, shuncha vaqt davom etadi. SHuning uchun 
ham radioaktiv moddalarning katta parchalanish davriga va kuchli nurlanishga 
ega bulganda, ayniqsa, xavfli hisoblanadi.
Radioaktiv nurlanishlarning biologik ta`siri organizmdagi atom va 
molekulalarning ionlanishi sifatida tavsiflanadi va bu o‘z navbatida har xil 
kimyoviy birikmalar tarkiblarining o‘zgarishiga va normal molekulyar 
birikmalarda o‘zilishlar bo‘lishi ga olib keladi. Bu o‘z navbatida tirik 
hujayralardagi modda almashinivuning buzilishiga va organizmda bioqimyoviy 
jarayonlarning ishdan chiqishiga sabab buladi. Katta kuchdagi nurlanish ta`siri 
uzoq vaqt davom etsa, ba`zi bir hujayralarning haloqati ko‘zatiladi va bu ayrim 
a`zolarning, hattoqi butun organizmning haloqati bilan tugaydi. 
Radioaktiv nurlanishlar ta`sirida organizmning umumiy qon aylanish 
tizimining buzilishi ko‘zatiladi. Bunda qon aylanish ritmi susayadi, qonning 
qo‘yilish xususiyati yo‘qola boradi, qon tomirlari, ayniqsa, kapillyar qon 
tomirlari murt bo‘lib qoladi, ovqat hazm qilish a`zolarining faoliyati buziladi
odam ozib ketadi va organizmning tashqi yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish 
qobiliyati kamayadi. 
Radioaktiv moddalarning qo‘lga ta`sir qilishi oldin sezilmaydi. Vaqt o‘tishi 
bilan qo‘l qurushqoq bo‘lib qoladi, unda yorilishlar ko‘zatiladi, tirnoqlar tushib 
ketadi.
Radioaktiv nurlarning al’fa va beta nurlari tashqaridan ta`sir ko‘rsatganda 
organizmning teri qavati etarlicha qarshilik ko‘rsata oladi. Ammo bu radioaktiv 
nurlar ovqat hazm qilish a`zolariga tushib qolganda ularning zararli ta`siri 
kuchayib ketadi. 


90 
Ko‘pchilik radioaktiv moddalar organizmning ba`zi bir qismlarida yig‘ilish 
xususiyatiga ega. Masalan jigar, buyrak va suyaklarda yig‘ilishi butun 
organizmni tezda ishdan chiqaradi. 
Ba`zi bir radioaktiv moddalar zararli bo‘lib, ularning zaharlilik darajasi eng 
xavfli zararli moddalarnikidan ham yuqori buladi.
Organizmning nurlanish dozasini hisobga olib radioaktiv moddaning inson 
organizmidagi miqdorini baholash mumkin.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin