Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»


-rasm. SHovqinga qarshi naushniklar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

2-rasm. SHovqinga qarshi naushniklar: 
1-plasmassa qobiq; 2- shisha mato; 3- shibbalovchi taglik; 4 - olinadigan chexol 
plyonkali. 
Shaxsiy himoya vositalari quyidagi xususiyatlarga ega bulishi shart: 
-shovqinni sanitariya me`yori darajasi miqdorigacha kamaytirilishi kerak; 
-gaplashganda so‘zlarning mohiyatini pasaytirmasligi zarur; 
-quloq suprasiga kuchli bosim berib og‘riq chiqarmasligi kerak;
-xavf-xatardan ogohlantiruvchi tovushli daraklarni bug‘masligi lozim va
estetika talablariga javob berishlari shart. 
Shovqinni ixotalash. 
Shovqinni asosiy qismi havo orqali tarqalishini
hisobga olgan 
holda, uning yo‘liga biror to‘siq qo‘yilsa, ma`lum miqdorda bosimi kamayadi. 
 
4. Titrashdan himoyalanish usullari va vositalari. 
Titrash ta`siridan himoyalanish, loyihalash bosqichlaridayoq boshlanib, 
barcha jihozlar, asbob – uskunalarni pasportlaridagi shovqin va titrash 
ko‘rsatkichlariga qarab, eng qulaylarini tanlab olinadi. 
Bunda tebranuvchan va shovqinli dastgohlar mavjud bulgan binolarni, 
alohida ajratib shamol yo‘nalishi buylab hudud chekkasiga joylashtirish maqsadga 
muvofiq buladi. 
Manbalardagi titrashlarni zararli ta`sirini kamaytirish usullarini ikki
guruhga ajratish 
mumkin. Birinchisi manbalardagi titrashni qo‘zg‘atuvchi kuchlarni pasaytirish 
bo‘lsa, ikkinchisi ularning poydevori bilan va boshqa dastgohlar hamda qurilish 
konstruktsiyalari bilan bog‘langan joylarida titrashni pasaytirishdir. 
Manbalardagi titrashlarni pasaytirishda mashina, jihoz, aslahalarni to‘g‘ri
o‘rnatish, ularni o‘z vaqtida sifatli ta`mirlash, moylab turish, ish tartibini to‘g‘ri 
tashkillashtirish va ularni zo‘riqtirmasdan me`yorida ishlashini ta`minlash, 
jihozlarni masofadan turib boshqarish hamda shaxsiy muhofaza qurollari va 
kiyimlaridan o‘rinli foydalanish kutilgan samaraga erishish imkoniyatini yaratadi. 


86 
Agar manbaning o‘zida tebranishni pasaytirish iloji bulmasa, u holda 
manba asosi bilan uning poydevori o‘rtasida titrashni so‘ndiruvchi rezina yoki 
prujina yoki amartizatorlar qo‘yib pasaytiriladi. 
Titrashni pasaytirishda eng samarali usul, tebranuvchi jihozlarni o‘ta 
takomillashgan tebranmaydigan yoki kam tebranadigan dastgohlar bilan 
almashtirishdir. Masalan, temir beton ishlab chiqarish sexida betonni tebranish 
yo‘li bilan zichlovchi uskunani takomillashtirilsa, ya`ni uning korpusini ostidagi 
mustaqil tebranuvchi bir guruh mitti amartizatirlar o‘rnatilsa, bino polini umumiy 
tebranish darajasini va undan chiqadigan shovqinni ham keskin kamaytirish imkoni 
tug‘iladi. 
Muhandislik tajribasida ko‘pincha dastgohlardan tarqalayotgan titrash 
ta`sirini pasaytiruvchi tadbirlarni ishlab chiqish va tatbiq qilishga to‘g‘ri keladi. Bu 
borada tebranishni pasaytirish uchun, tebra-ixota, tebro-so‘ndirgich va tebro-
qaytargich vositalaridan samarali foydalaniladi.
a) Tebraixota ikki xil, passiv va faol ko‘rinishda buladi. 
b) Tebroso‘ndirgich, tebranish manbalaridan polga va u orqali binoning 
boshqa qurilmalariga ta`sirini oldini olishda, tebro-so‘ndirgichni poydevorga 
o‘rnatishdir. 
v) Tebroqaytargich, buni demfirlash usuli ham deyiladi va to‘siqlar ustidan 
rezina, plastika yoki mastikalarda ixota qilinadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin