Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
321
Va yo limuyi bo‘rki
topti shikast
Ki, davrin biyik qildi, uchini past.
Chiqib savsan oshufta majnun kibi,
Sabo kojidin rangi gardun kibi.
Yuzinda ayon forig‘ulbolliq,
Topib zavq tavrida beholliq.
Qilib shu’la zohir guli otashin,
Samandar kibi bulbul axgarnishin.
Ne gulkim, tushub oshyonig‘a o‘t,
Qayu oshyon balki jonig‘a o‘t.
Sabo
payki aylab chamandin guzar,
Hamishabahor anglag‘il rangi zar.
Shabistonda gul ravshan aylab charog‘,
Fatila yasab g‘uncha qo‘ymoqqa dog‘.
Sabo doyasi chun bu ishni bilib,
Fatilasin oning parishon qilib.
Qilib shoxini nastaran siymgun
Kim, ul siym atrofin aylab nigun.
Bosib siym bo‘lg‘och garonbor ani,
Hamul shoxdekkim bosar qor ani.
Bo‘lub jilva qilg‘on zamon arg‘uvon,
To‘ni arg‘uvonrang, lek navjuvon.
Nasim oni har yonki moyil qilib,
Qizil to‘n bila elga qotil qilib.
Su
uzra bulut tifli aqtor ila,
Qilib davrlar mashq pargor ila.
Dema tifl, Moniyki afzorsiz,
Chekib yuz tuman davr pargorsiz.
Sapidor uza gulki payvand o‘lub,
Qadi sarvi gulruxqa monand o‘lub.
Ko‘runub chaman xuldi rizvon kibi,
Gulu sarv anga huru g‘ilmon kibi.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: