Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə160/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
316
Xaloyiqqa yetti alardin shukuh. 
Maqom ichra chun zohir o‘ldi sukun, 
Solib bosh quyi misli charxi nigun. 
Viqor uzra bir dam chu o‘lturdilar, 
Suturlobu ko‘zguni kelturdilar. 
Qilib arz har qaysi timsolini, 
Ayon ettilar har biri holini 
Biridin ayon bo‘ldi aflok ishi, 
Yana biridin arsai xok ishi. 
Birida to‘quz charx taqsim o‘lub, 
Birida ayon yeti iqlim o‘lub. 
Chu Xoqong‘a fahm o‘ldi ul iki hol, 
Tahayyur ani ayladi gungu lol. 
Ayon ayladi shahg‘a hamdu sano, 
Debon hamd, bu nukta surdi yano 
Ki: «Shah sen kibi ko‘rmadi charxi pir 
Ki, ne toj sensiz kerak, ne sarir. 
Mulozimlaring dog‘i loyiq sanga, 
Bilik ichra bori muvofiq sanga. 
Yemas olam ahli kibi zotingiz 
Ki, olamdin o‘ksulmasun otingiz». 
Ul ishgaki hikmat eli chekti ranj, 
Sila topti shahdin base molu ganj. 
Magar erdi ul ganj ila mol kam 
Ki, Yunonni qildi suyurg‘ol ham. 
Ato qildi Xoqoni Chin ham base, 
Guhar berdi, durri samin ham base. 
G‘aniy bo‘ldi ul nav’ ahli kamol 
Ki, tush vaqti har bir quyoshtin misol. 
Chu xusravg‘a ul iki ish berdi dast, 
Nishot aylabon bo‘ldi ishratparast 
Ki, mashshotai baxt kulgu bila, 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
317
Hamul sofu raxshanda ko‘zgu bila. 
Bezab gulruxi johu iqbolni, 
Yuzinda yasab zulf ila xolni. 
Muqavvas qoshig‘a chekib vusma ham, 
Qo‘yub xol ham, sindurub kesma ham. 
Qilib huri jannatdek orosta, 
Yeram bog‘ida sarvi navxosta. 
Shahi komron birla aqd aylagay, 
Jahon ganji mahriga naqd aylagay
11

Nikohini aylar zamon Mushtari 
Kim, ul charxning keldi sa’d axtari. 
Bo‘lub charx Suqrotig‘a baxt yor, 
Qilur chog‘da yaxshi nazar ixtiyor. 
Tutub ilgiga ul suturlobni, 
Topib charx vaz’idin asbobni. 
Tutub mehr sayri uchun irtifo’, 
Tushub suqbadin suqba sori shio’. 
Shah iqbol ila mayli roh aylagay, 
Tarab nav’arusin nikoh aylagay 
Ki, Doroyi davron qizi Ravshanak, 
Kim, erdi jamol ichra mehri falak. 
Vasiyat qilib erdi Doro nuhuft 
Ki, bu shoh ila bo‘lg‘ay ul moh juft. 
Jahongirlik amrida mohu sol, 
Yemas erdi shahg‘a majoli visol. 
Yana shoh Mallu qizi Noz Mehr 
Ki, mehr o‘yla, ko‘rmaydur erdi sipehr. 
Shah andin dog‘i bor edi komsiz, 
Vale xotiri erdi oromsiz. 
Tilar erdi jashni azim aylamak, 
Xaloyiqni g‘arqi naim aylamak. 
Yorub Ravshanakdin shabiston anga, 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin