www.ziyouz.com
kutubxonasi
332
Fusundin dog‘i husnu nozim fuzun.
Quyosh qo‘zg‘olib husnum oshubidin,
Falak past mehrim lagadko‘bidin.
Vale muncha afsonadin ne asig‘
Ki, shah komig‘a keldi shahdim achig‘.
Ne xush debdur ul dardmandi firoq
Ki: «Oz baxt – ko‘p husndin yaxshiroq»
6
.
Shikoyat manga yo‘qturur shohdin
Ki, shikvam erur baxti gumrohdin».
Chu shirinlab ul nav’ sho‘r ayladi,
Aning ishqi xusravg‘a zo‘r ayladi.
Kalomig‘a vola qilib jonini,
Ravon jon aro chekti jononini.
Hamoyilsifat tortibon qo‘ynig‘a,
Iligin hamoyil qilib bo‘ynig‘a.
g‘azol ul sifat sher qilg‘ach shikor,
Shikorig‘a mehr ayladi oshkor.
Mamos o‘ldi chun shoxi sandalg‘a oj,
Ne bo‘lg‘onni ermas demak ehtiyoj
7
.
Skandar bu xilvatqa maftun edi,
Parichehra yorig‘a majnun edi.
Necha kun bo‘lub pardada ayshsoz
Ki, fahm o‘lmay ul pardadin hech roz.
Chu oshiqqa bo‘ldi muyassar visol,
Aning ishqida qolmas avvalg‘i hol.
Chu shahg‘a necha kun edi ul shaaf,
Yaqin bildikim, umrin aylar talaf.
Yana aqlu hikmat panoh ayladi,
Xirad taxtin oromgoh ayladi.
Jahon mulkin etganda zeri nigin,
Olinmay qolib erdi Mag‘rib zamin.
Sipahg‘a berib ne’matu kom ham,
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
333
Mavojib demay, balki in’om ham.
Chu ul fikridin ko‘nglini tindurub,
Yurush hukmini elga jar yetkurub.
Shahekim, sipah bo‘ldi obod anga,
Yerur dushmanidin ko‘ngul shod anga.
Agar shohdin xalqi g‘amnok emas,
Qalin bo‘lmog‘idin aduv bok emas.
Maozalloh, ar bo‘lsa noshod eli,
Aduv yo‘q, berur oni barbod eli.
Saxo shohdin elga matlub erur,
Siyosat ham o‘z o‘rnida xo‘b erur.
Skandarki farrux jahondor edi,
Ne shahliqqa matlub anga bor edi.
Sipohin chu ehson bila qildi shod,
Ayon etti Xoqon bila xayrbod.
Anga topshurub mulki Chinu Xito,
Yana malik hamchun deb oni ato.
Sipah surdi Chin mulkidin tashqori,
Tavajjuh qilib mulki Mag‘rib sori.
Qilib8 hamrah o‘lmog‘ni Xoqon havas,
Qabul o‘lmayin shahg‘a bu multamas.
Ani qaytarib ko‘p nihon roz ila,
Anga loyiq oyini e’zoz ila.
Solib Hind haddi janubini yo‘l
Ki, ul turfa kishvar bo‘lub rost qo‘l,
Ijozat berib Royi Hindig‘a ham,
O‘kush lutf birla qilib muhtaram.
Chu ul qaytibon Hind mulkiga bot,
Surub shoh Mag‘rib bisotig‘a ot.
Sipohi masun borcha ofotdin,
O‘tub bedarde mulki Gajrotdin
9
.
Bo‘lub bahri Ummon aning manzili,
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: |