www.ziyouz.com
kutubxonasi
328
Ul oyini noz oshkor aylabon.
Munung chun fuzun bo‘ldi sarkashlig‘i,
Aning haddin oshib mushavvashlig‘i.
Chu shah ko‘rdikim, toqati toq o‘lur,
Junun ichra rasvoyi ofoq o‘lur.
Anga ishq amri junun aylamish,
Junun aqlu fahmin zabun aylamish.
Ne hikmat anga yetkurur yorliq,
Ne oyini donish madadkorliq.
Tazallum bila dedi: «K-ey, nozanin!
Nedin bizga qilding ayon bo‘yla king‘
Nedur ajzim ollinda tavsanlig‘ing,
Angakim erur do‘st – dushmanlig‘ing.
Ne jurm ettim erkin meni xoksor
Ki, ko‘nglungga o‘lturdi mendin g‘ubor.
Ne xaskim o‘tungdin kuyar log‘-log‘,
Ne hojat yana quymog‘ ul o‘tqa yog‘g‘
Chibinkim erur shahdinga poyband,
Taponcha bila anga nedur gazandg‘
Vafo aylagilkim, jafokor emon,
Bu zulm aylamakka sazovor emon.
Chu men ishq aro o‘lgum, o‘lturmagil,
Qatilingg‘a tig‘i jafo surmagil.
Niyozimg‘a boq, asru noz aylama,
Taaddi ko‘pu lutf oz aylama!»
Bu yanglig‘ tazallum chu ko‘rguzdi shoh,
Kinoyat bila zolimi kinaxoh.
Shakar tungini ayladi shahdrez,
Ko‘p ul shahd zimnida neshi kalez
3
Ki: «Shah ayshini Haq mudom aylasun,
Ishin dilbari birla kom aylasun!
Aning loyiqi keldi Doro qizi
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
329
Ki, ko‘z ravshan aylar ayog‘i izi.
Kanizikim ul bo‘lsa hindinajod,
Ne hindinajod, ayt kashmirzod.
Ne loyiqki, oni anis aylagay,
Takalluf yuzidin jalis aylagay».
Dedi shahki: «Yey xasta jon ofati!
Demay xasta jonkim, jahon ofati!
Kinoyat tariqini bir dam unut,
Qilib rahm, bedod tarkini tut.
Manga Ravshanak ta’nini qilma ko‘p,
Ul ishta ko‘zungga meni ilma ko‘p.
Meni anda ma’zur tutsang bo‘lur,
Zamiringni masrur tutsang bo‘lur
Ki, vojibdurur ehtiromi aning,
Nedinkim, biyikdur maqomi aning.
Yerur Bahmaniy tojning gavhari,
Yana Kayqubodiy sipehr axtari».
Dedi makr ila sho‘xi shirinzabon
Ki: «Yey yeti kishvar uza marzbon!
Bu so‘zning muhabbatqa ne daxli bor
Ki, ishq ichra shahliqqa yo‘q e’tibor.
Jamolu malohat ko‘ngul komidur,
Uzun turra taqvo qushi domidur.
Nasab birla bo‘lsa anga shohliq,
Hasab birla yetmish manga mohliq.
Aning toji kishvarga bo‘lsa xiroj,
Mening ollima bosh qo‘yar ahli toj.
Anga faxr nisbatda Jamshiddin,
Manga or husn ichra xurshiddin.
Anga mulk agar bo‘lsa farmonpazir,
Manga zor erur yuz tuman mulkgir.
Agar ul xirad birla afsonadur,
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: |