Alisher Navoiy.
Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
311
«Ki, har neki mehmong‘a bor ehtiyoj,
Agar oshu non, yo‘qsa shahdu kuloch.
Kerak hozir o‘lsa bori xon aro,
Taodul tariqida mezon aro.
Aningdekki mazmum erur bo‘lsa kam,
Yerur o‘yla mazmum ifroti ham».
Dedi shahki: «Bu
sheva oson erur,
Vale shah shukuhig‘a nuqson erur».
Taammul bila nukta surdi hakim:
Ki: «Yey, hikmat oyinida mustaqim.
Xudo shah janobin rafe’ aylamish
Ki, shahga ulusni mute’ aylamish.
Chu shah xalq rizqig‘a bo‘lmish zimon,
Yerur ortug‘ o‘ksuk yetkurmak yomon.
Vagar naqdi juzve ziyon aylasa,
Shukuhini ortar gumon aylasa.
Nekim xalq rizqig‘a maqsumdur,
Iki oncha ham qilsa ma’lumdur
Ki, ne moya bo‘lg‘usi
zoid anga
Ki, to bo‘lg‘ay isrof oid anga.
Munung birla gar o‘zni istar azim,
Yemastur aning bu xayoli salim
Kim, ul bo‘lg‘usi ming, iki ming diram
Ki, xarjidin istar o‘zin muhtaram.
Angakim munung
birla ortar shukuh,
Qilur fahm agar bo‘lsa fikratpujuh
Ki, aylar o‘zi o‘z shukuhini past,
O‘zi berur o‘z poyasig‘a shikast.
Yerur shahg‘a andin ulvi janob
Ki, past el ishidin qilur ijtinob.
Vagar ko‘ngli ehsonga hamrozdur,
Nechakim berur ko‘p, hanuz ozdur.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: