Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə154/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
304
Ko‘rub tuhfa ul nav’ bori guzin, 
Dedi shoh Xoqonga ko‘p ofarin. 
Chu o‘tkardilar borchasin xayl-xayl, 
Shah ul iki nodir sari qildi mayl. 
Biri ul Xo‘tanzodi mahro‘ edi, 
Yana mohvash turfa ko‘zgu edi. 
Ravon bo‘ldi Xoqoni xurshidroy, 
Bu ilgida oyina, ul birda oy. 
Shah ollig‘a kelturdi ko‘zguni ham, 
Ne ko‘zguki, ul mehri diljo‘ni ham. 
Chiqib taxt uza o‘lturub shoh ila, 
Dedi ko‘zgu vasfini dilxoh ila. 
Shah ul ko‘zgudin bo‘ldi ko‘p shodmon, 
Anga qildi mashg‘ulluq har zamon. 
Ani ahli hikmatqa ko‘rguzdi ham, 
Base so‘z aning bobida tuzdi ham. 
Qo‘lidin bu ko‘zgu yiroq ketmadi 
Ki, ko‘zgu chiroylig‘ni yod etmadi. 
Gahe qildi ehsos qismin aning, 
Gahe fikr qildi tilismin aning. 
Chu qildi quyosh ko‘zgusi yuz nihon, 
Yana zangi zulmatqa qoldi jahon. 
Qadah ichmadi shohi hikmatparast, 
Ki mazmum erur bo‘lmog‘i shoh mast. 
Minib otqa mayl etti o‘rdu sari, 
Quyosh o‘ylakim charxi minu sari. 
Qo‘pub bo‘ldi Xoqon dog‘i hamrahi, 
Bo‘lub hifzida ham ato, ham rahi. 
Sipohig‘a chun shahni yetkurdi bot, 
Yer o‘ptiyu o‘z shahrig‘a surdi ot. 
Skandar tushub istadi jomi may, 
Yana lahzae soldi suhbatg‘a pay. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
305
Chu Xoqong‘a ul bazmu oyin bo‘lub, 
Skandar so‘zi barcha tahsin bo‘lub. 
Ketur soqiy, ul ko‘zguni ro‘baro‘y 
Ki, kofurtab’ o‘lg‘ayu mushkbo‘y. 
Dimog‘imda Chin mulki savdosidur, 
Bu yanglig‘ may oning mudovosidur. 
Mug‘anniy, ulug‘ yir navosini tuz! 
Bijir ko‘kka piypo sadosini tuz! 
Meni bir navo birla xushhol qil, 
Jahon fikridin forig‘ulbol qil! 
Navoiy, ichib may eshitgil surud 
Ki, bas, bevafodur sipehri kabud. 
Ki, Xoqong‘a gar juz jafo qilmadi. 
Skandarg‘a dog‘i vafo qilmadi. 
LIII
Ziyofat bog‘ining sarvdek ozodlari bobidakim, g‘unchadek xizmat kamarin chust bog‘lab guldek ochuq 
yuz bila xoni karamlari doim ochuqdurur va qo‘nog‘lari agar qumri bo‘lsun vagar bulbulkim, har biri 
o‘z xo‘ri holig‘a ko‘ra ul xondin navo toparlar va alar ifrot imtilosidin muarrodururlar va mufrit 
ishtahosidin mubarro 
Xusho ulki, juz bazl anga pesha yo‘q, 
Jahon boru yo‘qidin andesha yo‘q. 
Zamon ichra topib o‘zin mehmon, 
Anga mehmon borcha ahli zamon. 
Kishikim anga mehmonliq qilib, 
Bu ham jon bila mizbonliq qilib. 
Chu mehmon yetib, dun kibi qochmayin, 
Bal ul bo‘lmayin, ro‘zasin ochmayin. 
Xalilullahoso ochib xoni bazl, 
Qamar qursidek sindurub noni bazl
1

Nechakim taomi kelib no‘shi bahr, 
Kelib mehmonsiz mazoqig‘a zahr. 
Va gar kelsa mehmon, qurug‘ non anga, 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin