Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə153/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
302
Bori o‘lturur elga hukm etti shoh 
Ki, yerlik yerin qilg‘ay oromgoh. 
Sukun topib avval kulahdorlar, 
Alardin quyiroq sipahdorlar, 
Yaqinroq tutub hikmat ahli julus, 
Filotun, Arastuyu Farfunyus
14

Chu qasr o‘ldi jannat kibi bequsur, 
Xud erdi muhayyo sharoban tahur. 
Chu ma’kuldin tab’ topti farah, 
Ko‘ngul ayladi mayli chini qadah. 
Ravon qo‘pti bir sho‘xi chinisirisht, 
Malohat aro rashki huri bihisht. 
O‘zi ichti yoquti ahmar suyi, 
Vale shohg‘a tutti kavsar suyi. 
Ravon ichti doroi davron dog‘i, 
Ne doroi davronki, Xoqon dog‘i. 
Chu evruldi uch-to‘rt davri nishot, 
Padid o‘ldi el ko‘ngliga inbisot. 
Qadah soldi ahbob mag‘zig‘a sho‘r, 
Hijobu hayo raf’i kelturdi zo‘r. 
g‘ino ahli haryon navo tuzdilar, 
Navosozlig‘ rasmi ko‘rguzdilar. 
Qilib jilva har soqiyi mahjabin, 
Sochib anbarin zulfidin mushki Chin. 
Bo‘lub hushu fahm ahlig‘a guftugo‘y, 
May olg‘onga hushin tushub hoy-huy. 
Iki shoh bir-birga aylab niyoz, 
Takallum qilib har biri dilnavoz. 
Bu oning qoshida qulog‘in tutub, 
Munung ul o‘parg‘a oyog‘in tutub. 
Bu aylab aning sadqasi mulki Chin, 
Ul aylab munga sadqa ro‘yi zamin. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
303
Yo‘q ulkim iki shahg‘a bu rasmi xos, 
Har ikiga bir-bir bila ixtisos. 
Chu ichmak ulus rasmu royi bo‘lub, 
Gazak borcha xoni Xitoyi bo‘lub. 
Olib charx atboqi har dam sabaq, 
Ne yanglig‘ bo‘lurni tabaq-bartabaq. 
Yashil xonlaru qursi limu bari, 
Kavokib bila charxi minu bari. 
Bo‘lub o‘yla bazmeki, charxi baland, 
Bo‘lub ziynatu zebidin bahramand. 
Yemakka ulus mayli bo‘lg‘onda fosh, 
Gazak o‘rtadin chiqti, tortildi osh. 
Qayu oshkim, yer yuzini xon tutub, 
Vale xonni ne’mat yuz alvon tutub. 
Ne dey, ulcha ul xon qiyosi edi 
Ki, to‘quz ming otning uchosi edi. 
Yana qo‘yg‘a yo‘q erdi haddu hisob 
Ki, yuz ming desam bo‘lg‘ay ul intixob. 
Munga loyiq angla ushoq oshini 
Ki, ko‘rmak uyurdi falak boshini. 
Chu tortildi bu nav’ behad taom 
Ki, topti tamattu’ bori xosu om. 
Ravon taxtdin tushti Xoqoni Chin, 
Qo‘pub taxt uza shohi masnadnishin. 
Tavoze’ bila Chin shahi turdi xush, 
Shah ollig‘a so‘zlatg‘ali peshkash. 
Hisobin bitib shah sari kettilar, 
Hamul davlat arkoni arz ettilar. 
Chu arz o‘ldi, Xoqon yukundi ravon, 
Yukundi yana xusravi navjavon. 
To‘quz-to‘quz o‘tkardilar borini, 
Aningdekki aylabmen izhorini. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin