Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə152/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
300
Skandarga har lahza ortib nishot, 
Angochaki, Iskandaroyin bisot. 
Qo‘yub chunki Xoqon bisotig‘a gom, 
Topib dargohin charxi feruzafom. 
Surub chunki dargohdin ichkari, 
Ko‘rub olame chun boqib har sori. 
Nazih ravzae charxi axzar kibi, 
Anga har ochuq gul bir axtar kibi. 
Kelib chor darchor pargor anga, 
Sekiz doylig‘ to‘rt devor anga
11

Yig‘ochlar o‘tub to‘rt devordin 
Demaykim, yeti charxi zarkordin. 
Adaddin fuzun har humoyun daraxt, 
Qo‘yub bargdin charx toqig‘a raxt. 
Bo‘lub charx uza shoxlar shevasi, 
Degaysenki, anjum erur mevasi
12

Yig‘ochlar tubida chaman-darchaman, 
Sarosar tuzub charga sarvu saman. 
Binafshaki o‘z qaddin aylab nigun, 
Qalinliqda chodirshabi nilgun. 
Magar charx o‘lub zebu tazyin uza, 
Solib aks oyinai Chin uza. 
Rayohing‘a kimsa adad topmayin, 
Farahbaxsh atrig‘a had topmayin. 
Qilib nargis o‘z g‘unchasin bayzavor 
Ki, ko‘zinda erdi ramaddin g‘ubor. 
Ramad yo‘qki, chun qor uza ko‘z solib, 
Qoriqmoq ko‘zining ziyosin olib. 
Bo‘lub lolau sabza naqshin gilem, 
Shukufa to‘kub ul gilem uzra sim. 
Mulavvan zujoja nishoni bo‘lub, 
Ko‘k ayvonining tobadoni bo‘lub. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
301
Bu gulshan ichinda fazoyi vase’, 
Fazo o‘rtasida binoe rafe’. 
Qilib posbonig‘a damsozliq, 
Zuhal birla har shom hamrozliq. 
Biyikrak falak qasridin poyasi, 
Ravoqig‘a tushmay bulut soyasi. 
Yog‘indin aning tomi nam ko‘rmagan, 
Choqin shu’la toqig‘a yetkurmagan. 
Muzahhab qilib oni boshtin-oyoq, 
Agar rahba, gar burj, gar xud ravoq
13

Bisotidag‘i xisht chinisirisht, 
Musamman yasab chini andoqki xisht. 
Chu chini bo‘lub farsh koshi anga, 
Bo‘lub naqsh matnu havoshi anga. 
Bori xisht anga chinioyin bo‘lub, 
Safo ichra oyinai Chin bo‘lub. 
Ichi qasrning sar-basar zarnigor, 
Yeshik borcha ziynatda gavharnigor. 
Kelib borcha naqqoshi chobukqalam, 
Base vaqt urub kilki Moniyraqam. 
Topib naqsh konunu hanjorini, 
Musavvar qilib to‘rt devorini. 
Mavoze’ anga har biri naqshi Chin, 
Dema naqshi Chinkim, bihishti barin. 
Bu qasr ichra taxti sipehr ihtirom, 
Yasab shoh uchun anda oliy maqom. 
Skandarga Xoqoni mehmonparast, 
Bu oliy sarir uzra berdi nishast. 
Anga dog‘i Iskandari taxtgir, 
Makon etti ham ushbu oliy sarir. 
Atou o‘g‘ul yanglig‘ o‘lturdilar, 
Nishotu tarab bazmini qurdilar. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin