www.ziyouz.com
kutubxonasi
352
Ayoqchi, ko‘rung turfakim, tutti qo‘sh.
Iki jomni chunki no‘sh ayladi,
Shah altofidin ko‘ngli jo‘sh ayladi.
Yana shoh berdi kayoniy qadah
Ki, jonig‘a yetkurdi yuz ming farah.
Har in’omkim shohdin bo‘ldi fosh,
Qo‘yub mun’im ollinda har lahza bosh.
Solib ul kamoli navozandaliq,
Aning bo‘ynig‘a ribqai bandaliq
11
.
Ani may chu beixtiyor ayladi,
O‘pub yer, bu so‘z oshkor ayladi.
Ki: «Men vahshiymen biyobonnihod,
Atodin ato vahshiyu vahshzod.
Yo‘q andoq tilimkim sanong aytsam,
Sen etgonga loyiq duong aytsam.
Vale nuktaedur nihone manga,
Deyin, gar desangkim: «De oni manga».
Dedi shahki: «Har ne kalomingdur – ayt,
Kalomingni, andoqki komingdur – ayt»
Dedi vahshiyoyini devonavash,
Chu ifrot ila erdi paymonakash
Ki: «Sendin ko‘p o‘ldi navozish manga.
Yemas emdi podoshi oz ish manga.
Va lekin qo‘lumdin kelur muncha ish
Ki, qilg‘aymen ollingda o‘lguncha ish.
Janobingdin ayrilmag‘aymen dame,
Xilofingg‘a ish qilmag‘aymen dame.
Vale bilki, men bu ulus xonimen,
Tunu kun alarning nigahbonimen.
Chu ko‘rdum sipohingni andoqki mo‘r,
Yetishgay debon qavmu xaylimg‘a zo‘r.
Alarning jafosin tutub jon aro,
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
353
O‘zum kirdim ul lahza maydon aro.
Ne aylay hamul ishlar ifshosini
Ki, sen aylamishsen tamoshosini.
Bu damkim janobingg‘a bo‘ldum asir,
Xud o‘ldi saodat manga dastgir.
Siyosat qilichin manga surmading,
Meni o‘lturur yerda o‘lturmading.
Yana muncha qilding inoyat manga,
Karam aylading benihoyat manga.
Bu dam gar ijozat berursen, boray,
Kelay, o‘ylakim bir ishingga yaray.
Meni sog‘inib bastai g‘am bu dam,
Yerur qavmu xaylimda motam bu dam.
Sening davlatingdin borin shod etay,
Borin g‘ussa bandidin ozod etay».
Borurg‘a shah etti ishorat anga,
Yetishgach bu yanglig‘ bashorat anga.
Yer o‘pti, o‘zin aylabon yerga past,
Qo‘pub tebradi o‘ylakim pili mast.
Ko‘runub ajab shohning ul ishi,
Debon bir so‘z o‘z ko‘nglida har kishi.
So‘z ayturg‘a har kimsa aylab havas,
Vale topmayin kimsa ul dastras.
Kelib hikmat ahlig‘a ham bas ajib
Kim, ul bir ish erdi bag‘oyat g‘arib.
Vale shoh xandonu xushhol edi,
Ul andeshadin forig‘ulbol edi.
Nekim qilsa iqbol talqin anga,
Ani aylamak erdi oyin anga.
Bo‘lur erdi har kimsaga bir gumon
Kim, ul qissadin o‘tti mumtad zamon.
Yeshik ahlig‘a tushti sho‘ru shag‘ab,
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: |