Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
385
Chekib yaxshi soat zuhurig‘a ranj.
Chu bir lahzae maks vojib edi,
Qolur el sari shoh boqib dedi
Ki: «Yey qavmkim, qildingiz xizmatim,
Chekarsiz bu kun g‘ussai furqatim.
Necha
hajringiz birla xursandmen,
Vale barchangizdin rizomandmen.
Qazodin manga tushti mundoq safar,
Qadar hukmidin elga «aynalmafar»
8
.
Quloqqa nekim aytsam so‘z – tutung,
Necha vaqtdin so‘ng meni ko‘z tutung.
Agar mulku, vagar mol, gar din erur,
Nekim har biringizga ta’yin erur.
Qayu
ishki har kimga chektim raqam,
Raqam chekkanimdin chiqormang qadam.
Hadisim ko‘ngul ichra oling bori,
Salomat bo‘lung, yaxshi qoling bori.
Duo birla bizni gahe yod eting,
Bu xidmat bila emdi imdod eting».
Bu so‘zlar degach shohi kishvarxidev,
Ulus chektilar ko‘kka yaksar g‘irev.
To‘kub
ashkdin borcha yuzlarga rud,
Dedilar aning joniga ko‘p durud.
Duodin so‘ng og‘oz etib bu kalom
Ki: «Gar bar, agar bahr qilsang maqom.
Nechakim firoqingda g‘am yegabiz,
Ne yoroki, yaxshi-yomon degabiz.
Bisoti tarab jilvagohida bo‘l,
Qayonkim esang, haq panohida bo‘l.
Ne amr etganing, toki bor jonimiz,
Tag‘oful qilurg‘a ne imkonimizg‘
Chu
bizdin duo aylading muddao,
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: