Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə202/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
399
Muhit erdi maqsud suv sayridin, 
g‘araz soqit erdi aning g‘ayridin. 
Bu muddatki, bahr ichra qildim xirom. 
Ne yerlarki yuzlandi fathig‘a kom. 
Bori far’ edi, toki qat’ o‘ldi suv, 
Mening xotirimg‘a erur asl bu 
Ki, sayr ayladim doira davrini, 
Kerak anglasam markazi g‘avrini
6

Agar umru tavfiq bersa Xudoy, 
Kema to‘rt yil bo‘lg‘usi bahrsoy: 
Iki yil borib, iki yil kelmagi, 
Vale yo‘q kishi g‘aybni bilmagi. 
Manga gar erur davlatu baxt yor, 
Bu yo‘l qat’ida hech yo‘q ixtiyor. 
Bilurmen bu ish amri ma’hud emas, 
Kishiga tengiz sayri maqsud emas. 
Ulus ko‘ngliga tushmasun inhirof 
Ki, bori erur bu yurushtin maof. 
Yo‘likim qilur marg taxvifini, 
Nechuk qilg‘amen elga taklifinig‘ 
Vatang‘a yonib xalq osudadil, 
Bori bizdin o‘ldiklar
7
ammo bihil». 
Bu so‘zni chu sharh etti doroi Rum, 
Fig‘on chektilar xalq aylab hujum 
Ki: «Shoho, ne jurm aylamish bu guruh 
Ki, kelding alar qullug‘idin sutuhg‘ 
Necha qulluq etmakta sharmandabiz, 
Yomon-yaxshi bo‘lsoq sanga bandabiz. 
Borimizg‘a doim bu ermish murod 
Ki, bo‘lsoq tobug‘ungda g‘amginu shod. 
Ajal jonimiz qasdi qilg‘on chog‘i, 
Tan o‘lg‘ay sening dargahing tufrog‘i. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
400
Ne qilduqki, doroi sohibxirad, 
Borimizga mundoq chekib xatti rad. 
O‘zidin sipohin yiroq istadi, 
Asiri baloi firoq istadi. 
Borurbiz qayonkim sanga kom erur, 
Turarbiz sanga qayda orom erur. 
Tirik bo‘lmoqu sendin o‘lmoq yiroq, 
Yerur bizga andin o‘lum yaxshiroq». 
Skandar sipohin qilib ozmun, 
Yaqin bildikim bo‘lmamishlar zabun. 
Yerur xidmatida bori yakjihat, 
Ko‘rub elga diljo‘yliq maslahat. 
Bori xaylig‘a ofarin ayladi, 
Inoyatqa borin qarin ayladi. 
Dedi: «Haq ishingizga bersun evaz, 
Bu so‘zdin manga bilmak erdi g‘araz 
Ki, bu ranj aro xalq holi nedur, 
Mening birla har kim xayoli nedurg‘ 
Boridin chu ixlosu sidq o‘ldi fahm, 
Manga ham bu dam murtafe’ bo‘ldi vahm. 
Hamul men shahu siz sipohsiz manga, 
Yomon kun yetishgach panohsiz manga. 
Bu ixlos birla Xudo yoringiz, 
Havodis aro Haq nigahdoringiz». 
Bo‘lub shod shahqa duo qildilar, 
Sadoqat tariqin ado qildilar. 
Shah uch bo‘ldi elni, taammul bila, 
Bag‘oyat munosib taxayyul bila. 
Iki ming kema ahlin etti judo, 
Dedi: «Yoringiz bo‘lsun emdi Xudo». 
Og‘ir yuk edi dog‘i ortuq kishi, 
Alar birla yo‘q shahning ortuq ishi. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin